Breaking News

AQSh-O'zbekiston: 2016-yilda munosabatlar qay tomon yo'naladi?


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va O'zbekistondagi elchi Pamela Spratlen, Samarqand, 1-noyabr, 2015-yil
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va O'zbekistondagi elchi Pamela Spratlen, Samarqand, 1-noyabr, 2015-yil

AQSh-O'zbekiston yillik maslahat kengashi yanvar oyida Toshkentda o'tishi kutilmoqda. Xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik va madaniy aloqalari muhokama qilinadi.

Toshkent-Vashington: Yangi yil, yangi umidlar, Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:20 0:00

2015-yil so'ngida O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida AQSh va Xitoy elchilari bilan 2016-yildagi hamkorlik rejalari muhokama qilingan.

29-dekabr kuni o'tgan uchrashuvda Pekin diplomati bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida rejalangan tadbirlar haqida gaplashilgan.

AQSh elchisi bilan munosabatlar rivoji, kutilayotgan uchrashuvlar vaqti va kun tartibi bo'yicha muloqot olib borilgan.

O'zbekistonning "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyaga rasman qo'shilishi taxmin qilinmoqda lekin bu borada tomonlar lom-mim demaydi.

AQSh Davlat departamentiga ko'ra, koalitsiyaga faqat O'zbekiston emas, mintaqaning boshqa davlatlari ham taklif qilingan. Koalitsiyaga qo'shilish harbiy ishtirokni anglatmaydi. Suriyaga borayotgan jangarilarni to'xtatish, terrorchi guruhlarning moliyaviy ta'minotlarini aniqlash kabi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni ham qamrab oladi.

Hozircha biror respublika, jumladan, bu koalitsiyasiga kirish yuzasidan biror munosabat bildirmagan.

Sharhlovchilar buning sababini mintaqadagi geosiyosiy kuchlardan biri Rossiya ta'sir deya izohlaydi.

Kreml Suriyada “Islomiy davlat”ga qarshi amaliyotlar olib bormoqda. NATO a'zosi Turkiya bilan esa harbiy samolyoti urib tushirilishi ortidan keskin ziddiyatga kirgan.

Tahlilchilarga ko'ra, Rossiyaning Suriyadagi amaliyoti “Islomiy davlat”ni yo'qotishni emas, Eron bilan ittifoqchilikda boshqa siyosiy maqsadlarni ko'zlamoqda.

Toshkentdan sharhlovchi Anvar Nazir:

“Moskvaning maqsadi Bashar Assad nazoratidagi qismda Rossiya va Eronparast bir hududni saqlab qolish. IShID bilan esa Rossiyaning ishi ham yo`q, u bilan G'arb yetakchiligidagi koalitsiya urishaversin, bizning o`z maqsadimiz bor deyishmoqchi. Assadning orqasida turgan Hizbulloh esa xalqaro terrorchi tashkilot. Ular bitta terrorchi tashkilotni qo'llab, ikkinchisi bilan urushishmoqchi”.

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi doirasida Rossiya bilan harbiy ittifoqdagi Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston Moskvaning Suriyadagi amaliyotlarini qo'llaydi. Putin siyosatini himoya qilgan Nazarboyev Suriya inqirozini sunniylar va shialar ziddiyati sifatida tushunmaslik kerak, degan edi.

O'zbekiston Rossiyaning Suriyada boshlagan harbiy amaliyotlari yuzasidan munosabat bildirmagan, ammo Karimovning “biror joyga kirishdan avval, undan chiqish yo'llarini o'ylash lozim” degan gapi Moskvaga qaratilgan.

Bu yondashuv O'zbekistonning AQSh yetakchiligidagi koalitsiya tarkibiga qo'shadimi, yo'qmi, noma'lum, ammo Moskva - Toshkent aloqasida taranglik mavjudligidan darak beradi.

Yevropadan o'zbek faoli Safar Bekjon:

“Karimovni hozir qo'rqitib turgan narsa Rossiyada mehnat muhojirligida yurgan odamlar rejimga qarshi tayyorgarlikdan o'tgan bo'lishi mumkin, degan gumon. Go'yoki ular mehnat muhojirligida yurib, aslida Rossiyadagi lagerlarda inqilob qilish bo'yicha tayyorgarlik ko'rishgan, bundan Karimov qattiq qo'rqayapti, shuning uchun Rossiyadan qaytgan muhojirlar juda qattiq tekshirilayapti”.

Karimov 2015-yil oxirida Rossiyaga safar qilishi kutilgan edi. Biroq bu uchrashuv yuz bermadi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG