Vyetnam prezidenti Chuong Tan Shang 25-iyul kuni Vashingtonda Barak Obama bilan uchrashadi. Ammo Vyetnamda inson huquqlari toptalishiga e’tibor qaratgan dissident huquqshunosning sud qilinayotgani tashrifga soya solishi mumkin.
Vyetnam prezidenti 2007-yildan buyon hali AQShga biror marta rasmiy tashrif buyurgan emas. Ular bunday taklifni kamida bir yil kutdi. Ammo mudofaa masalalari bo’yicha tahlilchi, professor Karl Tayer fikricha, taklifnoma eng so’nggi damda yuborilganga o’xshaydi.
“Jon Kerrining iyulda Vyetnamga borishi rejalashtirilgan edi, ammo Suriya masalasi dolzarblashdi. Vyetnamliklar bizga amerikaliklar javob bermadi, degan edi. So’ngra keskin o’zgarish ro’y berdi va taklifnoma yuborildi. Nazarimda, prezident Shangning Xitoyga borgani va nihoyatda samarali muzokaralar o’tkazgani bunga turtki bo’ldi”, - deydi professor.
Diplomatiya jihatidan Vyetnam AQSh va Xitoy o’rtasidagi muvozanatni mohirlik bilan saqlab turishi bilan ajralib turadi, jumladan Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy mojarolarga oid pozitsiyasi bilan.
O’tgan oy Pekinda Xitoy va Vyetnam rahbarlari hududiy mojarolarni hal etish uchun bevosita tezkor aloqa o’rnatishga kelishib oldi.
Vyetnam Xitoy bilan eng ko’p savdo qiladi, uning ikkinchi yirik savdo hamkori esa Qo’shma Shtatlar. Vashington va Xanoy so’nggi yillarda harbiy muzokaralarni ham jadallashtirgan. Ammo munosabatlarga to’g’anoq bo’layotgan masala – inson huquqlari.
Shu hafta boshida Vyetnamda hukumat tanqidchisi, huquqshunos va blogger Lekvok Xvan sudi qoldirildi. Inson huquqlari faoli Xitoy bilan hamkorlikka qarshi namoyishlarda ishtirok etgan, xorijiy matbuotga intervyu berib turadi.
2006-yilda Xvan Vashingtonda besh oy izlanish olib borgan edi. Vataniga qaytgach hibsga olingan va bir necha oy qamoqda saqlangan.
Hozirda u soliqlarni to’lamaganlikda ayblanmoqda. “Human Rights Watch” xalqaro huquq tashkiloti ayblovlarni asossiz deydi.
Vyetnam rahbarining Vashingtonga safari chog’ida birinchi navbatda savdo-sotiq va hududiy mojarolar muhokama qilinadi. Lekin inson huquqlari masalasi ham e’tiborsiz qolmaydi.