Breaking News

Qayta ochilgan Vashington yodgorligi yana sayyohlar bilan to'la


Vashington yodgorligi qayta ochildi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:13 0:00

Vashington yodgorligi qayta ochildi

Vashington yodgorligi 19-sentabr kuni uch yillik ta’mirlash ishlaridan so’ng qayta ochildi. Ichidagi lift va xavfsizlik tizimlari yangilandi. AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp ochilish marosimida qatnashdi.

Amerika poytaxtining timsoli bo’lmish Vashington yodgorligiga 2011-yilgi zilzilada zarar yetgan edi. Shundan beri ta’mirlash uchun qayta-qayta yopilgan. Zilziladan yodgorlik toshlarining 150 ta joyiga darz ketgan.

2016-yilda bir muddatga ochilgan monument lift nosozligi oqibatda yana ta’mirlash uchun yopilgan.

“Lift sistemasini butunlay almashtirdik. Yangi simlar, yangicha texnologiya, yangi motor, hammasi yangi. Ta’mirlashda xavfsizlik va tekshiruv ham hisobga olingan”, - deydi muzey va yodgorliklar idorasidan Jeffri Reynbold.

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp va mahalliy o’quvchilar yangi liftni ishlatib ko’rdi.

Qalam shaklidagi yodgorlik AQShning birinchi prezidenti nomi bilan atalgan. Osmono’par obida poytaxt ko’rki. Yiliga o’rtacha 500 ming odam keladi. Ko’plar tepaga chiqib shaharni tomosha qilishga ishqiboz.

Sayyohlar orasida chet elliklar ham bor. Masalan, navbat kutayotgan shanxayliklar. Ularning ajdodlari yodgorlik toshlaridan birini sovg’a qilgani haqida qog’ozchaga yozib olgan, ko’rsatib chipta olishga urinishyapti.

“Yodgorlikka chiqishni astoydil istashyapti. Ikkita ortiqcha chiptam bor”, - deydi texaslik Jill Chestnat.

Monumentning ichki devorlariga 193 ta esdalik uchun berilgan toshlar qo’yilgan.

Milliy bog’lar xizmatiga ko’ra, toshlardan birini Amerikaning Xitoydagi missiyasi ehson qilgan. Shanxaylik juftlik Jang oilasi aynan shu toshlar haqida gapiryapti.

“Juda xursandmiz. Minnatdormiz. Chiptalar tugabdi, endi Xitoyga qaytamiz”, - deydi turistlar.

Imorat qurilishi 1848-yilda boshlangan. Amerika fuqarolar urushidan keyingi moliyaviy yetishmovchilik tufayli bitirish uchun 40 yillar ketgan.

Bu galgi ta’mirda xarajatlar nafaqat soliq to’lovchilardan, shuningdek, millionlab dollar ehson qilgan homiylar cho’ntagidan kelgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG