Breaking News

O‘zbekistonlik bokschi Jamshidbek Najmiddinov Kiyevda ringga chiqadi


Jamshidbek Najmiddinov jangdan oldin
Jamshidbek Najmiddinov jangdan oldin

Professional ringda 14 bor jang o‘tkazgan Jamshidbek Najmiddinov uchrashuvlarining barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. Ammo 16- sentabr kuni Kiyevda kutilayotgan jang Jamshidbek uchun dastlabki haqiqiy sinov bo‘ladi.

Uning raqibi sobiq jahon chempioni, ukrainalik Viktor Postol. O‘tgan yil aqshlik bokschi Terens Kroufordga qarshi Los-Vegasda o‘tgan jangda chempionlik kamarini boy bergan Postol yana ringga qaytganini, chempionlik kamarini qaytarib olish uchun kurash boshlaganini e’lon qilgan.

Professional ringda 28 ta jang o‘tkazgan Postolning ilk mag‘lubiyati ham chempionlik uchun kechgan uchrashuvda qayd etilgan.

Najmiddinov chempionlik kamarini qayta ko‘zlayotgan Viktor Postolning dastlabki raqibi bo‘ladi. Reyting ko‘rsatkichlari uchun o‘tayotgan bu jangdagi g‘alaba Jamshidbekning imkoniyatlarini ham keskin ko‘taradi.

Kiyevda o‘tishi kutilayotgan jang arafasidagi vazn o‘lchash marosimidan olingan video va suratlar bilan tanishing.

Viktor Postol - ukrainalik, Jamshidbek Najmiddinov, o'zbekistonlik
Viktor Postol - ukrainalik, Jamshidbek Najmiddinov, o'zbekistonlik

Raqiblar yuzma-yuz
Raqiblar yuzma-yuz

Viktor Postol - ukrainalik
Viktor Postol - ukrainalik

Jamshidbek Najmiddinov, o'zbekistonlik
Jamshidbek Najmiddinov, o'zbekistonlik

O'zbekistonlik bokschi Kiyevda ringga chiqadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:31 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG