Breaking News

AQSh va Germaniyaning maxsus vakillari Toshkentda


Germaniya va AQShning Afg'oniston va Pokiston bo'yicha maxsus vakillari Mikael Stayner va Mark Grossman prezident Karimov huzurida, 11-oktabr, 2011-yil
Germaniya va AQShning Afg'oniston va Pokiston bo'yicha maxsus vakillari Mikael Stayner va Mark Grossman prezident Karimov huzurida, 11-oktabr, 2011-yil

O'zbekiston prezidenti Islom Karimov Toshkentda AQSh va Germaniyaning Afg'oniston va Pokiston bo'yicha maxsus vakillari Mark Grossman va Mixael Shtaynerlarni qabul qildi.

Afg'oniston bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish, urush tinmayotgan bu mamlakatda umumuy yarashuvga erishish masalasi haqida gaplashilgan.

Afg'onistondagi vaziyat unga qo'shni O'zbekiston uchun ham, 10 yildan beri urush qilayotgan Qo'shma Shtatlar uchun ham, mamlakatga minglab askarlarini yuborgan va koalitsiyaning muhim a'zolaridan sanalgan Germaniya uchun ham muhim ekan, bu masala bo'yicha hamkorlik ahamiyatlidir.

Ayniqsa Afg'onistondagi qo'shinlari uchun yuklarni asosan Pokiston orqali olib o'tib, bugunda u bilan munosabatlari sovuqlashgan va endilikda muqobil yo'llarni izlayotgan Qo'shma Shtatlar uchun.

O'zbekiston Shimoliy ta'minot yo'li bo'ylab joylashgan mamlakatlardan biri. Afg'onistondan qo'shinlarni olib chiqish haqida gap borar ekan, bu marshrutning ahamiyati yanada oshgan.

Afg'onistonda Germaniyaning besh mingdan ortiq harbiysi bor. Ularni ta'minlash uchun Germaniya bir necha yildan beri Termizdagi aerodromdan foydalanadi.

Tahlillarga ko'ra, Shimoliy ta'minot yo'li O'zbekiston uchun nafaqat moddiy tomondan, balki geosiyosiy maydonda, siyosiy muzokaralarda ham hukumat manfaatlarini himoya qilishda muhum vositaga aylangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG