Texas A&M universiteti shtatdagi eng yirik oliygoh bo’lib, AQShda oltinchi o’rinda turadi. Bu nafaqat ilm maskani, balki tadqiqot markazi hamdir. 136 yillik tarixga ega universitet o’tgan asrning 60-yillariga qadar ayollarni qabul qilmagan, harbiy kursantlik talab qilinar edi.
Qishloq xo’jaligi va mexanizatsiyaga ixtisoslashgan o’quv yurti bugun 150 mutaxassislik bo’yicha 50 ming talabaga ta’lim beradi. Ulardan to’qqiz mingini magistratura va doktoranturada o’qiyotganlar tashkil etadi.
Universitet studentlari irimchi. Imtihondan oldin yoki yaxshi baho olishni tilab, universitet hovlisida Lorens Sallivan Ross haykalining poyiga bir sentli tanga qo’yib ketishadi. Ross Texas shtatining 19-asrda yashagan gubernatori bo’lib, oliygohga prezidentlik ham qilgan.
Texas A&M universiteti o’zbekistonliklarni 1994-yildan boshlab qabul qilgan. AQShning “Maski” va O’zbekiston hukumatining “Umid” dasturlari orqali 40 dan ziyod o’zbekistonlik bu ilm dargohida tahsil oldi.
Violetta Kuk Texas A&M universitetida homiylar orqali kelgan xorijiy talabalar bilan ishlaydi. “Umid” jamg’armasiga o’zbek talabalarini Amerika oliygohlariga joylashtirishda yordam bergan.
“Birinchi Navruz bayramini yaxshi eslayman. O’zbeklar u payt oz sonli edi. So’ng o’zbek madaniyatini tanishtirishdi. AQSh sobiq prezidenti ota Jorj Bush o’shanda rafiqasi bilan zalda edi. Unga chopon hadya etishdi”, - deydi u.
Universitet Qozog’iston va Ozarbayjondan ham ko’p studentlarni qabul qilgan. Asosan, muhandislik, qishloq xo’jaligi, biznes boshqaruvi, iqtisod, ta’lim sohalarida o’qishadi.
Ulardan biri Abdug’ani Bozorov. Asli namanganlik. “Maski” dasturi orqali ta’lim sohasida magistraturaning ikkinchi kursida o’qiydi. Dildora Toshpo’latova ham Namangandan. “Maski” dasturi orqali Amerikaga Abdu’gani bilan birga kelgan. Ta’lim psixologiyasini o’rganadi. Asqarali Karimov 2002-yilda “Maski” dasturi orqali Indiana shtatida tahsil olgan. Hozir doktoranturada o'qimoqda. Ikki farzandning otasi. Xyuston atrofida yashovchi o’zbek jamoasining faol a’zolaridan. Bolalarni Amerikada voyaga yetkazish oson emas, deydi u.
Zafarbek Ahmedov ham Asqarali kabi “Maski” dasturi orqali o’qigan. Andijonlik bu yigit 2005-yili magistrlikni aynan shu universitetda yoqlagan. Hozir esa qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti bo’yicha doktoranturada o’qiydi.
Faxriddin Pirlepesov Qoraqalpog’istondan. Amerikaga 1998-yili kelib, fizikadan magistrlikni, so’ng doktorlikni yoqladi. Hozirda universitetning biologiya fakultetida ochilgan laboratoriyada ilmiy ish bilan mashg’ul.