Breaking News

Ukraina: Oxunjonov ozod, lekin ekstraditsiya tekshiruvi davom etadi


Ukrainada hibsga olingan jurnalist Narzullo Oxunjonov ozod etildi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:14 0:00

Ukrainada qamoqqa olingan o'zbekistonlik jurnalist Narzullo Oxunjonov sud tomonidan belgilangan 40 kunlik muddat tugashidan oldin ozod qilindi. Ammo unga nisbatan ekstraditsiya tekshiruvi bekor qilinmagan.

Ukraina sudi Narzullo Oxunjonovni ozod qildi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:30 0:00

Narzullo Oxunjonov Interpol qidiruvida bo'lganligi uchun 20-sentyabr kuni Kiyev aeroportida ushlangan edi. Tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan jurnalist O'zbekistonda tovlamachilikda ayblangan, ammo uni vatanga topshirishni so'rab hali Ukrainaga rasman murojaat qilingani yo'q.

Kiyev shahar prokuraturasi matbuot kotibi Nadejda Maksimets so'zlariga ko'ra, Oxunjonovga belgilangan hibs chorasi bekor qilingan va ekstraditsiya bo'yicha surishtiruv davom etadi.

Jurnalistni 40 kun ichida ekstraditsiya qilish masalasi hal bo'lmasa, u ozodlikka chiqarilishi lozimligi qayd etilgan.

Uning advokati Aleksey Fedorovga ko'ra, u prokuraturaning qarori yuzasidan aniq bir izoh berishga tayyor emas, qaror siyosiy sabablarga asoslangan bo'lishi mumkin. Narzullo Oxunjonovning salomatligi hibsxonada keskin yomonlashgan va malakali tibbiy yordamga muhtoj.

“U Bosh prokuratura qarori ozod qilindi. Hozir Narzulloni farzandlarining oldiga olib boramiz. Sog'ligi qanday ahvolda ekanligini o'zingiz ko'rib turibsiz, u deyarli ko'rishdan to'xtagan. Nazarimda, u birinchi navbatda tibbiy muolajaga juda muhtoj. Bilishimcha, hozirgacha O'zbekiston tomonidan uni topshirish haqida murojaat bo'lmagan. Shunday murojaat kelgan taqdirda ham bunga tegishli ravishda tayyorgarligimiz bor. Albatta, uning hibsdan ozod qilinishida turli xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan bayonotlar, shuningdek, Oxunjonov masalasida rasman prokuraturaga ariza bergan deputat Refat Chubarovning ham hissasi bor. Ulardan minnatdormiz”, - deydi Fedorov.

O'zbekistonlik jurnalist Narzullo Oxunjonov
O'zbekistonlik jurnalist Narzullo Oxunjonov

Narzullo Oxunjonov ham faollarga, xalqaro tashkilotlarga minnatdorchilik bildirdi.

“Jurnalistlar himoyasi, inson huqulari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarga, sudda mening tanqidiy maqolalarimdan misol keltirib himoyamga chiqqan, Ukraina parlamenti deputati Refat Chubarovga, boshqa faollarga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek, mening nohaq hibs qilinganimni jamoatchilikka yetkazgan axborot vositalari, "Amerika Ovozi", "Ozodlik", "BBC" va Ukraina matbuotiga ham. Bugun hibsdan ozod qilinishim shu harakatlarning samarasi”, - deydi jurnalist.

Narzullo Oxunjonovga nisbatan O'zbekistonda tovlamachilik aybi bilan jinoiy ish ochilgan. 2008-yildagi hodisaga asoslangan bu ish 2013-yilda qo'zg'atilgan, 2014-yilga borib esa u Interpol orqali qidiruvga berilgan.
U tanqidiy chiqishlari ortidan maxsus xizmatlar tomonidan tazyiqqa olinganini, o'ziga va oilasiga nisbatan tahdidlar kuchayishidan so'ng 2013-yilda Turkiyaga chiqib ketishga majbur bo'lganini aytadi.

"O'zbekiston" radiosida uzoq yillar muharrir bo'lib ishlagan Oxunjonov Turkiyada yashagan paytida davlat teleradiokampaniyasi rahbariyatining korrupsiyaga aloqardorligi to'girisida bir nechta tanqidiy maqolalar e’lon qilgan. Uning Interpol qidiruviga berilishi ham aynan shu yillarga to'g'ri keladi.
Turkiyada to'rt yildan oshiq yashagan jurnalist sentabrda besh nafar farzandi bilan Ukrainaga kelishi bilan aeroportda ushlandi. U Ukrainadan boshpana so'ramoqda.

Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo'mitasi, Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti, "Ozodlik uyi" kabi xalqaro tashkilotlar Ukraina hukumatiga siyosiy sabablar bois o'z yurtida tazyiqqa olingan jurnalistni zudlik bilan ozod etish murojaati bilan chiqishgan edi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG