Shu kunlarda Qo'shma Shtatlar bo'ylab sayohat qilib, bu mamlakat axborot vositalari, ta'lim maskanlari, siyosat va ilm-fan maskanlari faoliyati bilan tanishayotgan o'zbekistonlik jurnalistlar vatandagi o'zgarishlarni sezilarli va chuqur ahamiyatga ega jarayonlar deya ta'riflaydi.
Islohotlar axborot vositalari, matbuot va ularni tebratuvchi jurnalistlar faoliyatida qanday o'zgarishlarga yetaklamoqda?
Bugun O'zbekistonda jurnalist o'z vazifasini qanday tushunadi va qanchalik biladi?
Mahalliy muammolarni yoritishda qanday qiyinchiliklar bor?
Jurnalistlar hozir axborotni qanday yig'moqda va uzatmoqda?
Omma mamlakatdagi yangiliklardan qanchalik xabardor va jurnalistga ishonchi qay darajada?
Farg'ona, Jizzax va Toshkentdan xabar uzatuvchi bu mutaxassislar bilan Vashingtonda "Amerika Ovozi" tahririyatida qilgan yarim soatlik suhbatimizni quyida tomosha qiling.
Facebook Forum