Breaking News

O'zbekistonda yoshlarni internetning "salbiy ta'siridan saqlash uchun" yangi choralar


Arab dunyosidagi isyonlarda internet tarmoqlari keng qo’llanilgani boshqa repressiv hukumatlarni tashvishga solib qo’ygan. O’zbekistonda rasmiy matbuot internet inqilobi xavfi haqida ogohlantirmoqda. Voyaga yetmagan yoshlarni “zararli ma’lumotdan” asrash haqidagi qonun loyihasi muhokamada.

O'zbekiston, internet va yoshlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:20 0:00
Yuklab oling

Internetning salbiy ta’siri so’nggi paytda O’zbekiston axborot vositalaridagi asosiy mavzulardan biri. Arab dunyosidagi inqiloblarni yoritmagan mahalliy matbuot internet xavf-xatar manbai, beqarorlikka yetaklovchi vosita deya bong urmoqda.

Vazirlar Mahkamasini rasmiy nashri “Pravda Vostoka”da e’lon qilingan material “Rangli” inqiloblardan “internet” inqilobigami?” deb nomlanadi.

Maqolaga ko’ra, arab dunyosidagi inqiloblar demokratiya talab qilib namoyishga chiqqan aholining irodasi emas, balki dunyoni qayta taqsimlash niyatidagi geosiyosiy kuchlar loyihasidir.

Uchinchi davlatlar inqiloblarni amalga oshirishda turli vositalardan foydalanishgan, mintaqalardagi xavfsizlikni izdan chiqarishga qodir bunday ishtirok asosan global tarmoqlar yordamida amalga oshmoqda, deyiladi maqolada.

Shu o’rinda AQShda asoslangan “Freedom House” (Ozodlik Uyi) tashkiloti, huquq himoyachilarining inqilobiy vaziyatdagi o’rniga ahamiyat qaratiladi. “Facebook” va “Twitter” kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali “rangli” inqiloblar endi “internet” inqilobi ko’rinishida sodir bo’lmoqda.

“Pravda Vostoka” dagi Maqola Islom Karimovning arab dunyosidagi voqealar mintaqada takrorlanmasligi uchun zarur choralarni ko’rish haqidagi fikrlari bilan yakunlanadi.

Toshkentdan mustaqil fikrlar

“Fuqarolik jamiyati, huquq himoyachilari har doim jamoatchilikdagi voqealarni oldingi safida turadi. Bu bor gap, arab mamlakatlaridagi inqiloblarda ham shunday bo’ldi. Lekin masalaning boshqa mohiyati bor. Nega rivojlangan Yevropa davlatlarida bunday vaziyat yo’q? Bu vaziyat so’z erkinligi bo’g’ilgan, ijtimoiy ahvol yomon bo’lgan davlatlarda kelib chiqadi. Bu yerda esa ijtimoiy norozilik katta. Ijtimoiy norozilikni ifodalashdagi asosiy vosita esa hozir ijtimoiy tarmoqlar bo’lib qolmoqda ”, - deydi taniqli huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov.

Bu voqealar mintaqada yuz bermasligi uchun ko’rilayotgan choralar - internet ustidan nazorat kuchaytirilmoqda va aholini ijtimoiy tarmoqlar xavfidan ogohlantirishga zo’r berilmoqda.

O’zbekiston matbuot va axborot agentligi voyaga yetmagan bolalarni zararli axborot oqimidan muhofazalashga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqqan. Hukumat nazoratidagi turli jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikda bitilgan bu proyekt asosan internetdagi axborot oqimini boshqarishga qaratilgan.
O’zbekiston rasmiy matbuoti xabarlariga ko’ra, O’zbekiston Jinoyat kodeksining 130-moddasiga kiritilgan o’zgarishlar munosabati bilan 1-iyuldan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda buzuq va axloqsiz ma’lumotlarni qo’yish ta’qiqlanadi. Javobgarlarni topish va jazolash ishlariga esa Milliy Xavfsizlik Xizmatining maxsus guruh jalb qilinishi mumkin.

“Hukumat pornografiyaga qarshi hozirgacha turli usullar bilan kurashib keldi. Bu borada bir qonuniy bazani shakllantirishga ehtiyoj bor edi. Lekin bu narsani ijtimoiy tarmoqlar nazoratini kuchaytirish orqali amalga oshayotgani ziddiyatli savollar uyg’otadi. Bu narsa internet erkinligiga qanchalik ta’sir qiladi? Umuman hukumat nimani pornografiya va ekstremizm deb hisoblaydi? Yaxshi bilamizki, ekstremizm bahonasida ko’plab dindorlar tazyiq ostida qolishdi. Dunyo globallashayapti, ijtimoiy tarmoqlarning davlatlar siyosatida tutgan o’rni oshib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlar siyosiy vaziyatlarga ta’sir o’tkazayapti. Buning yorqin misoli - Turkiyadagi voqealar... Hukumat ko’rayotgan choraning yashirin maqsadi ham ehtimoldan xoli emas, ya’ni ponografiya, axloqsiz narsalar bahonasida internet nazoratining huquqiy bazasini yaratish ”, - deydi Abdurahmon Tashanov.

Mahalliy faollardan yana biri, Abdulla Tojiboy deydiki, so’nggi paytda televideniye ham arab dunyosidagi inqiloblar keltirgan beqarorliklar, aholini ogohlikka chaqiruvchi ko’rsatuvlar ko’paygan. Hukumat tabiiyki islom dunyosida kechayotgan uyg’onishlardan xavotirda, deydi u.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG