Breaking News

O'zbekiston xorijdan ulkan sarmoya kutmoqda, to'siqlar bir dunyo


O’zbekiston hukumati mamlakatdagi biznes imkoniyatlarni reklama qilish uchun “Euronews” va “Bloomberg” kabi kanallarda roliklar uchun joy sotib oldi.
O’zbekiston hukumati mamlakatdagi biznes imkoniyatlarni reklama qilish uchun “Euronews” va “Bloomberg” kabi kanallarda roliklar uchun joy sotib oldi.

O'zbekiston hukumati chet el sarmoyasini oshirish harakatida. Prezident Islom Karimov investorlarni 2020-yilgacha daromad solig'idan ozod etishni buyurgan. Lekin mahalliy ekspertlarga ko'ra, asosiy to'siq tuzum kelajagi mavhumligidir.

Xorijdan ulkan sarmoya kutayotgan O'zbekistonda biznes qilish qiyin - Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:14 0:00

O’zbekiston yirik korxonalarda ish yuritish uslubini xalqaro me’yorlarga moslamoqchi. Chet ellik menejerlarni soliqdan ozod qilish tashabbusi ortida shu reja yotadi.

Ishlab chiqarish samadorligini oshirish, biznes shaffofligini ta’minlash, ish yuritishning zamonaviy usullarini tatbiq etishda xorijlik mutaxassislar yordamiga umid qilinmoqda.

Yirik aksiyadorlik jamiyatlarida xorijlik boshqaruvchilarni rag’batlantirish buyurilgan.

O’tgan yil oxirida chiqqan qarorga binoan hozirgacha davlat tasarrufida bo’lib kelgan mingdan oshiq korxona aksiyalari strategik investorlar uchun sotuvga qo’yilgan.

Ular qatorida “O’zbekneftgaz”, “O’zkimyosanoat”, “O’zbekistontemiryo’llari”, “O’zbekyengilsanoat” kabi yirik kompaniyalar ham bor. Belgilangan imtiyozga ko’ra, 15 foizdan ortiq ulushni sotib olgan xorijlik sarmoyador 2020-yilgacha daromad solig’I to’lamaydi.

Korxona hissalari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, samaradorlikni oshirish majburiyati asosida sotiladi. Hozircha bu majburiyatni o’z zimmasiga olayotgan investorlar haqida ma’lumot oz, ularning ko’payishi ham shubha ostida.

Ostonadan ekspert Do’sim Satpayev tahlilicha, yirik xorijiy investorlarning mintaqaga, jumladan O’zbekiston yoki Qozog’istonga kirishida asosiy to’siq shuki, siyosiy tuzumlar taqdiri, xususan Islom Karimov va Nursulton Nazarboyevdan keyin nimalar bo’lishi mavhum.

“Bilasizmi, nimalardir deb bayonot berish va amalda nimadir qilish boshqa- boshqa narsalar. Mintaqa prezidentlarini eshitsak, ularning hammasi iqtisod ochiqligi, investorlar uchun barsha sharoitlar yaratilgani haqida gapirishadi. Haqiqatda masalaga chuqurroq qarasak, O’zbekistonda, Qozog’istonda siyosiy tuzum ham, iqtisodiy tuzum ham amaldagi prezidentlarga bo’glab qo’yilgan. Bu esa juda xatarli. Uzoq muddatli maqsadni ko’zlayotgan investor uchun Karimov va Nazarboyevdan keyin mamlakatda nimalar bo’lishini bilish juda muhim. Ularning ketishi beqarorliklarga olib keladimi, yo’qmi? Shu bois agar uzoq muddatli yirik invetitsiyalar haqida gapirsak, O’zbekiston va Qozog’istondagi vaziyat bir-biriga juda yaqin. Hammasi ikki liderga bog’liq”, - deydi Satpayev.

“Gazeta.uz” nashriga ko’ra, 2016-yilda O’zbekiston 4 milliard dollarga yaqin investitsiyani qo’lga kiritmoqchi. Asosan energetika sohasiga yo’naltirilgan loyihalarni mamlakatda anchadan buyon ishlab kelayotgan Xitoy, Janubiy Koreya va Rossiyaga qarashli kompaniyalar moliyalashi kutilmoqda.

Hukumat e’lon qilgan “yangi xususiylashtirish bosqichi” O’zbekiston imkoniyati haqidagi reklamalarga qaramasdan investorlarda katta qiziqish uyg’otgani kuzatilmaydi.

Mustaqil iqtisodchi Jahongir Shosalimov deydiki, O’zbekiston iqtisod ustidan davlat nazorati keskin, moliya bozori yopiq, korrupsiya darajasi yuqori, investitsiya yotqizish xavotirli bo’lgan mamlakat.

“Hukumat o’z iqtisodiy siyosatini o’zgartirishi kerak. Avvalo konvertatsiya masalasini hal etishi lozim, chunki investorlar, qonunga ko’ra, o’zbek so’mi bilan ishlashadi. Majburiy to’lovlarni bekor qilish, hokimyatni biznesga aralashishini to’xtatish kerak. Investor adolatli va shaffof siyosat istaydi. Bularsiz xorijlik sarmoyador pul kiritishi qiyin”, - deydi Shosalimov.

O’zbekiston hukumati mamlakatdagi biznes imkoniyatlarni reklama qilish uchun “Euronews” va “Bloomberg” kabi G'arb kanallarida roliklar uchun joy sotib oldi. Bu targ’ibot qanchalik ish beradi, hozircha noma’lum.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG