Toshkent markazidagi qiymati bir million dollar atrofida baholanayotgan yer maydoni Chexiyada ro’yxatdan o’tgan, o’zbekistonlik tadbirkor Isroil Yunusovga tegishli firmaga topshirilgani poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo’jayev ishtirokidagi navbatdagi munozarali loyiha sifatida ko’rilmoqda.
Bitim jamoatchilikka ochiqlanishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda bosh prokuraturaga nisbatan korrupsiyadaga qarshi kurashni maishiylikdan elitar doiraga ko’tarish chaqiriqlari ham eshitildi.
Toshkent shahar hokimligi va O’zbekiston fuqarosiga tegishli Chexiyadagi firma o’rtasidagi bitim tendersiz, 25 million dollarlik investitsiya sharti bilan amalga oshishi aytilyapti.
Jamoatchlik 2016-yilda Chexiyada ro’yxatdan o’tgan, turar-joylar ijarasi bilan shug’ullanuvchi “IMP NEW PAY” firmasining ustav mablag’i 40 dollar atrofida ko’rsatilganiga ham diqqat qaratmoqda.
Firmaning 95 foiz aksiyasiga ega tadbirkor Isroil Yunusov hokim Jahongir Ortiqxo’javev mas’ul bo’lgan “Tashkent City” qurilishida qatnashgan “Real House” kompaniyasiga rahbarlik qilishi inobatga olinsa, tendersiz tanlov ancha bahsli ko‘rinadi.
Nima sababdan ayrim o’zbekistonlik tadbirkorlar xorijdagi firmalar orqali mamlakatga kirib kelishga majbur bo’lishmoqda? Bu mablag’ ko’chirish bilan bog’liqmi yoki xorijiy investorlarga berilayotgan imtiyozlar bilanmi?
“Amerika Ovozi” bu savollar bilan O’zbekiston Moliya vazirligining sobiq xodimi, ayni paytda Qozog’istondagi universitetda iqtisoddan dars beruvchi mutaxassis Saparboy Jubayevga murojaat qildi:
Facebook Forum