O'zbekiston yangi prezident uchun ovoz berdi. Saylash huquqiga ega fuqarolarning 80 foizi ovoz bergan, deya bildirmoqda Markaziy saylov komissiyasi. Nomzodlar: Liberal-demokratlardan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" dan Sarvar Otamurodov, "Adolat" dan Narimon Umarov va Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Ketmonov. Ular bir-biri bilan raqobat qilmadi. Amaldagi rahbar Shavkat Mirziyoyev g'olib chiqishiga shubha yo’q.