O’zbekiston televideniyesiga ko’ra Prezident Islom Karimov va Pokiston Bosh vaziri Yusuf Rizo G'iloniy o’rtasida Toshkentda o’tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilingan.
G'iloniyning safari davomida hukumatlararo kengaytirilgan tartibdagi muzokaralar ham o’tgan.
Ta’kidlanishicha tomonlar muhokama qilingan mavzular bo’yicha kelishuvga erishishgan, ikki davlat o’rtasida hamkorlik bitimlari imzolangan.
Pokistonni mintaqadan elektkt energiyasini import qilish rejeasi O’zbekiston ommaviy axborot vositalarida so’nggi paytdagi ko’p tilga olinayotgan mavzu.
O’zbek davlat matbuotining yoritishicha, Pokistonni Tojikistondan elektr energiyasini import qilishi mintaqadagi ziddiyatlarni kuchaytiradi.
www.12.uz axborot sayti mintaqadagi energetik vaziyat, jumladan Tojikistonda Rog’un to’g’oni qurilishi ortidan kutilishi mumkin bo’lgan mojaroli holatlarga o’rin beradi.
Saytdagi sharhga ko’ra Pokistonni Tojikistondan elektr energiyasini import qila boshlashi mintaqa davaltalri o’rtasidagi ziddiyatlarni yanada kuchaytirishi mumkin.
Ayrim manbalarda O’zbekiston Pokistonni o’zida kichik elektrstansiyalar barpo etishni moliyalashtirish tashabbusi bilan chiqqanligi ma’lum qilinadi.
Tojikiston va Qirg’zistondan Afg’oniston orqali Pokistonga elektr energeyasini import qiluvhi CASA-1000 loyihasi asosida borayotgan muzokaralar O’zbekiston tomonini noroziligiga sabab bo’lgan. Bu borada O’zbekistonni Pokistondagi elchisi Pokiston hukumatiga norozilik notasi ham topshirgan.
G'iloniyning tashrifi mazkur norozilikdan so’ng amalgam oshmoqda. O’zbekiston matbuotida elekt energiyasi savdosi bilan bog’liq masala yuzasidan qanday kelishuv bo’lgani haqida ma’lumotlar uchramaydi.
O’zbekiston televideniyesi bu borada tomonlar barcha mavzular bo’yicha kelishuvga erishishganini ta’kidlaydi xolos.
Pokiston delegatsiyasi bilan terrorizmga qarshi kurashni mustahkamlash bo’yicha ham muzokaralar o’tgan. G'iloniyning O’zbekistonga safari 25 mart kuni Samarqand ziyorati bilan yakunlandi.