Breaking News

O'zbekiston endi "qiynoqlar makoni" bo'lmaydimi? Prezidentdan umidlar


Mobil-salom: Mirziyoyev farmonlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:43 0:00

Mobil-salom: Mirziyoyev farmonlari

Qiynoqlarsiz O’zbekiston - Prezident Shavkat Mirzyoyevning Konstitutsiya kunidagi aynan shu bayonoti, adolatsiz qamoqlar, ekstremistlarni davlat va jamiyat ham yaratgan, degan fikrlari bilan diqqatli. O'zbekiston mustaqllikning chorak asri davrida xalqaro jamoatchilikka shafqatsiz qiynoqlar muntazam qo’llanuvchi davlat sifatida tanildi.

Qiynoqlarsiz O'zbekiston: Davlat va jamiyat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:52 0:00

Bu taqdim asossiz emas. Islom Karimov davridan qiynoqlar muxolif qarashdagi guruhlarga qo’llangan asosiy bosim vositasi bo'lib keldi. Qiynoq qo’llanishi hamon dolzarb. Yangi boshqaruv uchun bu muammoni hal etish eng murakkab va muhim sinovlardan biri.

Shavkat Mirziyoyev qiynoqlarga barham berish zarurligi haqida bayonot bilan chiqdi. U Konstitutsiyaning 25 yilligi munosabati bilan so'zlaganida mamlakatdagi qiynoqlar qamrovini ochiq e’tirof etmasa-da, qiynoqlarga yo’l qo’yilmaydi, deya shart qo’ydi.

“Bundan buyon O‘zbekistonda qiynoqqa solish, ruhiy, jismoniy bosim o‘tkazish va boshqa zo‘ravonlik holatlariga mutlaqo yo‘l qo'yilmaydi. Bunday jinoiy qilmishlarni sodir etgan har qanday shaxs, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, muqarrar ravishda javobgarlikka tortiladi. Qiynoqqa solish, himoyaga bo‘lgan huquqni buzish, insonni aldash va tergov jarayonida boshqa noqonuniy usullarni qo‘llash man etiladi”, - dedi prezident.

Qiynoqni qat’iyan cheklash maqsadida tergov va hibsxonalarda videokameralar o’rnatilishi, qiynoq holatlari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish, aybdor shaxslarning javobgarligini ta’minlash shart qilib qo’yiladi.

Qiynoqlarsiz O'zbekiston: Mirziyoyev/Konstitutsiya kuni
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 1:20:52 0:00

Mirziyoev o'z chiqishida huquq-tartibot idoralarini yana keskin tanqid qildi, jumladan minglab odamlar qamoqda aybsiz o’tirganini, aynan adolatsizlik odamlarni jamiyatga, davlatga qarshi qilib qo’ygani haqida gapirdi.

“Ko’plab odamlar adolatsiz qamoqda o’tiribdi. Aynan adolatsiz o’tirgani uchun davlatga ham, jamiyatga ham dushman bo`lib qolgan”, - dedi prezident.

O’zbekistondagi ayni paytdagi vaziyat va Mirziyoyevning qiynoqlarsiz jamiyat haqidagi fikrlari o’zaro ziddiyatli. Qiynoq, bosim, tazyiqlar nafaqat huquq-tartibot organlari uchun, balki mahalliy hokimiyat uchun ham asosiy ish uslubi bo’lib qolmoqda.

So’nggi bir yilda o’qituvchilarni, shifokorlarni, oddiy fuqarolarni do’pposlayotgan, urib-so’kayotgan, qo’l ostidagilarga nisbatan turli haqoratlarni biror hayiqishsiz ishlatayotgan hokimlar haqida bir nechta videolar, audioyozuvlar tarqaldi.

Prokuratura bu voqealar yuzasidan biror chora ko’rmadi. Organlar matbuotda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim videoyozuvlarni asossiz, deb ham topdi.

Faollar nazarida mahalliy hokimlarning odamlarga tazyiq va bosim o’tkazayotgani davlat rahbari tomonidan ularga berilayotgan vakolat bilan bog'liq.

Huquq himoyachisi Malohat Eshonqulova fikricha, mamlakatda boshqaruv ham, mahalliy hokimliklar ish uslubi ham o'zgarmagan, faqat zo’ravonlikka asoslangan.

“Mamalakat ichidagi boshqaruv shunchalik qattiqqo’llik bilan olib borilyaptiki, tepaning imosisiz, ishorasisiz pastda o’tirgan amaldor hatto aksi ham urolmaydi. Men mamlakat ichida yashayapman, buni kuzatayapman, xalq o’rtasidagi nozoriliklar avvalgidan kam emas”, - deydi Eshonqulova.

Bugun O’zbekiston qamoqxonlarida, tergovda, hibsxonalarda qiynoqlarga barham berilganmi? Bu savolga aniq javob yo’q. Faollar huquq-tartibot idoralarining ish uslubida o’zgarishlar kuzatilmayotganini aytishadi.

Islom Karimovning chorak asrdan ko'p hukmronlik davrida qiynoqlar sistematik tus olgan edi. Shavkat Mirizyoyev davlat rahbari sifatida bunga barham bermoqchi. Uddasidan chiqarmikan?
Islom Karimovning chorak asrdan ko'p hukmronlik davrida qiynoqlar sistematik tus olgan edi. Shavkat Mirizyoyev davlat rahbari sifatida bunga barham bermoqchi. Uddasidan chiqarmikan?

Surat Ikromov ekstremizmda avblanib qamalganlar, hibsga olinayotganlarning ishlari bilan shug’ullanib keladi. Yaqinda u avval hukumatning “qora ro’yxatidan” o’chirilgan dindorlar qayta hibsga olinayotgani, uylarida tintuvlar o’tkazilayotgani haqida xabar tarqatdi.

Ikromovga ko’ra, Toshkentda kuzatilayotgan bu hibslar hamon davom etmoqda, gumondorlar kaltaklanmoqda, noqonuniy tarzda so’roqqa tutilmoqda.

“Ularni avvaliga turli ma`muriy qonunbuzarlik bo’yicha hibsga olishadi, masalan 15 sutkalik. U yerda ro’yxatdan o’tkazishadi. Keyin esa o’sha joydan tergov izolyatoriga olib kelib, so’roqqa tutishmoqda. Bu mutlaqo noqonuniy ish”, - deydi Surat Ikromov.

13 yil bosh vazir bo`lib ishlagan Mirziyoyevning prezidentlikka kelganiga bir yildan oshdi. Uning Konstitutsiya kuni ta'kidlashicha, adolatsizlik, ayniqsa huquq-tartibot organlarining adolatsizligi jamiyatdagi asosiy muammo.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG