Breaking News

Ramazon oyida musulmon yurtlar notinch


Kobul, 31-may, 2017
Kobul, 31-may, 2017

Ro'za oyi boshlanar ekan, Afg'onistonda ketma-ket portlashlar. 100 ga yaqin odam o'ldi. Iroqda ham shu singari terror xurujlari. Qariyb 30 kishi halok bo'ldi. Filippinda musulmonlar yashovchi hududlar beqaror. Dunyo bo'ylab, ro'zaning ilk kunlarida 227 kishining yostig'i quridi.

Aslida Ramazon barqarorlik va osoyishtalik davri bo'lishi kerak. Insonlar zo'ravonlikdan tiyilib, ibodatga berilib, nafsini va moddiy talablarini chetga surishi lozim.

Suriya, Afg'oniston, Iroq, qolaversa butun jahon bo'ylab hukumatlar bu davrda to'polon va notinchliklar oshadi, deya xavotirda. Xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Yillar davomida shu odat bo'ldi, deydi rasmiylar, ro'za oyida terrorchilar quturadi.

Kobuldagi so'nggi terror hujumlarini Haqqoniylar to'dasi o'z bo'yniga olmoqda
Kobuldagi so'nggi terror hujumlarini Haqqoniylar to'dasi o'z bo'yniga olmoqda

"Islomiy davlat" o'z tarafdorlarini aynan shu oyda xurujlar qilishga undab, narigi dunyoda mukofoti oliy bo'ladi, deya bong urmoqda.

“Odamlarni uyida, bozorlarda, ko'cha va jamoat joylarida nishonga olavering. Ular begunoh deya o'zingizni aldamang. Hammasini o'ldiring", - deya chaqirmoqda terror guruhi o'z ijtimoiy tarmoqlarida.

Yashar J'olak, Turkiyaning Vashingtondagi elchixonasida diniy aloqalar bo'yicha diplomat deydiki, "Islomiy davlat" bu chaqiriqlari bilan o'zining islomdan naqadar uzoqligini isbotlamoqda.

“Islom yilning hech bir davrida insonlarni boshqalarni o'ldirishga chorlamaydi. Islom tinchlik demakdir", - deydi diplomat.

Iroq, may, 2017
Iroq, may, 2017

"Islomiy davlat" va Tolibon musulmonlarni zo'ravonlikka undayotgani bejiz emas, deydi Tehrondan tahlilchi Said Javod Tog'ivirod, chunki bunday paytlarda yoshlarni ruhlantirish osondek tuyuladi. Ularni iymon tomon emas, qabihlik tomon yetaklash osonroq deb o'ylashadi. Terrorchilarning mentaliteti shunday, deydi Tog'ivirod.

Ramazon oyida odamlar ko'p to'planadi, mehmondorchilik va tadbirlar tez-tez kuzatiladi. Yoppasiga nishonga olishni maqsad qilgan jangarilar bu fursatdan foydalanishga urinadi.

“Hech bir din urushni yoqlamaydi", - deydi amerikalik siyosiy arbob Maykl Rubin. "Terrorchilar - qotillar, kallakesarlar. Ular vahshiylikdan boshqa narsani bilmaydi, bu aniq".

O'tgan yii ro'za oyida AQSh, Livan, Turkiya, Bangladesh, Iroq va Saudiya Arabistonida yuzlab odamlar terror hujumlarida nobud bo'lgan edi.

Turkiya, iyul, 2016
Turkiya, iyul, 2016

Afg'onistonning Xost viloyatida terror xuruji, 27-may, 2017
Afg'onistonning Xost viloyatida terror xuruji, 27-may, 2017

Filippinning Mindanao orolida hukumat kuchlari va musulmon jangarilar olishmoqda
Filippinning Mindanao orolida hukumat kuchlari va musulmon jangarilar olishmoqda

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG