"Amerika Ovozi" bu yil 75 yoshini nishonlamoqda.
Qo'shma Shtatlar Ikkinchi jahon urushiga tortilganidan bir yarim oy o'tib, Nyu-Yorkdagi kichik bir studiyadan 15 daqiqalik ilk radio dastur Germaniyaga uzatildi. 1942-yilning 1-fevrali edi.
Boshlovchi Vilyam Xeyl havo mavjlarida so'zlar ekan: Xabar yaxshimi, yomonmi, haqiqatni gapiramiz, degan edi.
"Amerika Ovozi" rahbari Amanda Bennet 75 yillik bu sana munosabati bilan qilgan murojaatida shunday deydi:
"Biz axborotdan mahrum qilingan jamiyatlarga xolis, tezkor ma'lumot yetkazamiz".
Bugun "Amerika Ovozi" 47 tilda, jumladan, o'zbek tilida efirga chiqadi. Oradan yillar o'tib, bu teleradio xalqaro maqom oldi. Bugun radio, televideniye, internetda bormiz.
Muxbirlarimiz jahonning turli burchaklarida xizmatda. Haftalik auditoriyamiz dunyo bo'ylab 236 million odamdan iborat.