Breaking News

Rossiya: "Amerika Ovozi" - "xorijiy agent"


"Amerika Ovozi", Vashington
"Amerika Ovozi", Vashington

Rossiya Adliya vazirligi nazarida AQShning to'qqizta ommaviy axborot vositasi, jumladan, "Amerika Ovozi" - "xorij agenti".

Ro'yxatga "Ozodlik" radiosi va u bilan hamkorlik qiluvchi bir qator axborot nashrlari ham kiritilgan. O'tgan oy Rossiya rasmiylari shu haqda ogohlantirgan edi.

Kremlga ko'ra, yangi qonun AQShning Rossiyaga qarashli "RT" telekanalini "xorij agenti" sifatida ro'yxatdan o'tishga undashiga javoban qabul qilingan.

AQSh Davlat departamenti Rossiya qarorini so'z erkinligiga to'siq deya qoraladi.

"Ozodlik" radiosi muxbirlari so'z erkinligi cheklangan yoki erkin matbuot mavjud bo'lmagan 23 davlatda faoliyat yuritadi. Rossiyada u bilan hamkorlik qiluvchi 5 ta ommaviy axborot vositasi 2014-yil Ukrainadan tortib olingan Qrim, Sibir, asosan, musulmonlar yashovchi Shimoliy Kavkaz hamda Tatariston haqida axborot tarqatadi.

"Ozodlik" radiosi prezidenti Tom Kentning aytishicha, Rossiya Adliya vazirligi qarori ular ishini cheklab qo'yadi, lekin jurnalistlar rus tilidagi auditoriyaga xolis va aniq axborot yetkazish vazifasini bajarishda davom etadi.

"Amerika Ovozi" 40 dan ortiq tilda, xususan, rus tilida ham axborot uzatadi. Haftalik audirotiyasi soni 236 million kishidan oshadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG