Breaking News

Prezidentlikka nomzodlar erkin savdoga oid bitimga qarshi


Oq uy oldida Trans-Tinch okeani hamkorligi bitimiga qarshi namoyish, 3-fevral, 2016-yil.
Oq uy oldida Trans-Tinch okeani hamkorligi bitimiga qarshi namoyish, 3-fevral, 2016-yil.

AQShda prezidentlikka da’vo qilayotgan arboblar AQSh imzolagan va erkin savdoni targ'ib qiladigan Trans-Tinch okeani hamkorligi bitimiga qarshi fikr bildirdi.

“Bu kelishuv Ogayo shtatidagi avtomobil sanoatini yo’q qiladi”, - dedi Respublikachilar partiyasidan da’vogar Donald Tramp.

Yil boshida 12 mamlakat tomonidan imzolangan bitim o’zaro tariflarni tushirib, savdoni kuchaytirishga qaratilgan. Hujjat kuchga kirishi uchun parlamentlar uni tasdiqlashi lozim. Biroq respublikachi qonunchilar va prezidentlikka da’vogarlar unga qarshi.

“Oq uy tashabbusi bilan imzolangan bitim ko’p odamlarning savdo shartnomalari bo’yicha e’tirozlari va xavotirlarini inobatga olmagach, men ham unga qarshi chiqdim”, - deydi demokratlardan nomzod Xillari Klinton.

Obama ma’muriyatida davlat kotibi bo’lib ishlagan Klinton kelishuvni boshida yoqlab chiqqan edi.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning aytishicha, Trans-Tinch okeani hamkorligi bitimi AQShga iqtisodiy va strategik tomondan foyda keltiradi.

Ba’zi kuzatuvchilarga ko’ra, Amerikada yangi prezident saylanmaguncha, Kongress hujjatga ovoz bermaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG