Breaking News

AQSh qo'mondoni: G'arbiy Afrikada terrorchilarni yuta olmayapmiz


Xalqaro hayot - 19-aprel, 2019
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:41 0:00

Qo’shma Shtatlar Afrikaning Sohil minaqasiga terrorizmga qarshi kurashda moliyaviy va harbiy yordam berib keladi. Burkina-Fasoda ahvol yanada yomonlashgan. Islomiy ekstremistlar mintaqada o’rnashib olishga harakat qilar ekan, shu oyning o’zida etnik to’qnashuvlarda 60 dan ziyod odam nobud bo’ldi. AQShning qit’ada maxsus qo’shinlari bor, ammo ular soni kamayib bormoqda.

G’arbiy Afrikaning minglab kilometrga cho’zilgan Sohil mintaqasida islomiy jangarilar bilan janglar avjida. O’tgan uch yilda Burkina-Fasoda 230 dan ortiq hujum sodir etildi, zo’ravonlik tinmayapti.

“Biz kurashayotgan narsa zaharga o’xshaydi”, - deydi Burkina-Faso Qurolli kuchlari podpolkovnigi Kanu Kulibali.

AQSh elchisi Endryu Yangga ko’ra, atigi bir necha yil oldin bu davlat terrorizmdan xoli edi.

“Minglab yillar davomida hamjihatlikda yashab kelgan bu jamiyatni, oyoqqa turib olmagan demokratiyani parchalashga urinishmoqda. Ba’zida bitta oilada ham musulmon, ham nasroniyni uchratasiz”, - deydi elchi.

Beqarorlik terrorchilarga kirish uchun imkon beradi. Buni Iroq va Somalida ko’rganmiz. AQSh maxsus kuchlari qo’mondoniga ko’ra, islomiy guruhlar Burkina-Fasoda ham bayrog’ini qadamoqda.

“Al-Qoida guruhi o’z infrastrukturasini barpo etish uchun Sohil mintaqasini muhim deb biladi. Guruh necha yillardan beri shu ish bilan mashg’ul va maqsadiga erishyapti”, - deydi general Markus Xiks.

Shuning uchun Sohil davlatlari bilan harbiy mashg’ulotlar o’tkazish o’ta muhim. Amerikalik qo’mondonlar va ittifoqchilar amaliyotlarni qanday rejalashgan tortib, pistirmaga qanday javob berish va yaradorlarni qanday evakuatsiya qilishgacha o’rgatadi. Bu ko’nikmalar albatta yordam beradi.

“Afsuski, bir amaliyotda ikki safdoshimizni yo’qotdik. Bu bilimlar bilan ehtimol ularning hayotini saqlab qolgan bo’lardik. Oramizda hech kim jgut qo’yishni bilmas ekan”, - deydi leytenant Robert Kompaore.

AQSh elchixonasi dasturlar ish berayotganini ko’rib, Burkina-Fasoga yordamni oshirgan.

Ammo harbiylarni ko’paytirish o’rniga AQSh G’arbiy Afrikada ular sonini kamaytirmoqda. Mintaqada taxminan 1000 harbiy qoladi. General Xiksga ko’ra, bu mahalliy armiyalarni treningdan o’tkazish uchun yetarli.

“Birgalikda ishlasak, natija bo’ladi. Vaqt kerak”, - deydi u.

Biroq qo’shin bundan-da kamaymasligi kerak. “Hozir yutayapmiz deya olmayman”, - deydi general.

Rasmiylarning aytishicha, Burkina-Fasoda terrorchilarning qo’li baland kelsa, ular G’arbiy Afrika sohillari va boshqa hududlarda ham o’z ta’sirini kengaytirishga urinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG