Breaking News

G'arbiy Sohilda ahvol yomon. AQSh passiv munosabat bildirmoqda


Iordan daryosining Isroil istilosidagi g’arbiy sohilida so’nggi yillarda eng qattiq zo’ravonliklar kuzatilmoqda. Hududga ko’chib borgan yahudiylar shu hafta falastinliklar yashovchi qishloqlarga hujum qildi. Qurollangan arablar esa to’rt yahudiyni otib o’ldirdi.

Xalqaro hayot - 23-iyun, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:34 0:00

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bunga javoban “yahudiylarga jabr qilganlar narigi dunyoga yoki qamoqqa ravona bo’ladi” deb aytdi.

AQSh Davlat departamentining so’zlovchisi Vedant Patel terrorizmni oqlab bo’lmasligini aytib, falastinliklarning yahudiylarga hujumini qoraladi, isroilliklar zo’ravonliklarini ham tilga oldi.

“Ekstremist ko’chmanchilarning falastinliklarga hujumi, jumladan falastinlik go’dakning o’limi va ba’zilarining yaralangani haqidagi tashvishli xabarlarni olyapmiz. Bunday zo’ravon harakatlarni ham qoralab, jabr ko’rganlar oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz. Mas’uliyat va adolat hamma uchun bir xil bo’lishi kerak”, - dedi rasmiy.

Yaqin Sharq instituti tahlilchisi Xolid Elgindining “Amerika Ovozi”ga aytishicha, G’arbiy Sohilda vaziyat anchadan beri bu qadar yomon bo’lmagan.

“Ba’zi shaharlar atrofidagi ayrim hududlar Isroil qamali sabab to’silgan. G’arbiy Sohildagi shahar va qishloqlar o’rtasida harakatlanish qiyin bo’lib qoldi. Isroillik ko’chmanchilarning harakatlarini deb ayrim odamlarning uyi yonib, uysiz qolishdi”, - deydi ekspert.

Unga ko’ra, Qo’shma Shtatlar mavjud vaziyatdan kelib chiqib unga va qonli zo’ravonliklarga munosabat bildirishi kerak.

“AQSh Isroilga ulkan harbiy yordam berishini hamma yaxshi biladi. Har yili deyarli 4 milliard dollar. Bundan tashqari, oradagi maxsus munosabatlarga aloqador imtiyozlar ham bor. Barchasi o’zgarishsiz qoldi. Isroilda hokimiyatga radikal hukumat kelgan bo’lsa-da. Ustiga-ustak, Qo’shma Shtatlar BMT kabi xalqaro tashkilotlarda Isroilni barcha rasmiy tanqidlardan muntazam ravishda himoya qiladi”, - deydi Xolid Elgindi.

BMTning inson huquqlari bo’yicha oliy komissaratiga ko’ra, G’arbiy Sohilda vaziyat yomonlashmoqda, isroillik askarlar Jenindagi qochqinlar lagerida yetti falastinlik, jumladan bolalarni otib o’ldirgan.

Amaliyotda jangovar dronlar va vertolyotlar ham qo’llangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG