Breaking News

AQSh va G'arb Rossiyaga Ukraina masalasida bosim qo'yishda davom etmoqda


Germaniya va AQSh tashqi ishlar vazirlari. Vashington, 5-yanvar, 2022-yil
Germaniya va AQSh tashqi ishlar vazirlari. Vashington, 5-yanvar, 2022-yil

Bugun Moskvaga tashrif buyurgan Germaniya Tashqi ishlar vazirasi Annalena Berbok rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashib, Ukraina chegarasidagi vaziyat va G’arb bilan munosabatlarni muhokama qildi.

Xalqaro hayot - 18-yanvar, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:15 0:00

AQSh, Ukraina va Yevropa davlatlari Moskva hujumga hozirlanayotganidan tashvishda. Kreml bunday da’volarni inkor etmoqda, biroq NATO Rossiya chegaralariga yaqin hududlardan qurollari va qo’shinlarini olmasa, xavfsizligini ta’minlash uchun tegishli choralar ko’rilishini bildirgan.

Kiyevda yuqori lavozimli rasmiylar bilan uchrashgan AQShning yetti nafar senatori Ukrainaga siyosiy va harbiy yordam va’da qildi. Respublikachi va demokrat qonunchilardan iborat guruh Rossiyaga Ukraina masalasida qadamini o’ylab qo’yishni tavsiya qildi.

Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so’ng so’zlagan demokrat senator Richard Blumentalning aytishicha, agar Rossiya hujum qilsa, AQSh uni xonavayron qiluvchi sanksiyalar qo’yib, Ukrainaga moliyaviy yordam hamda “Javelin”, “Stinger” kabi raketalar va harbiy qayiqlar beradi.

Yevropa Ittifoqining Tashqi siyosat bo’yicha Oliy vakili Jozep Borrel ham Yevropa sanksiyalar paketi ustida ishlayotganini aytarkan, Rossiya Ukrainaga katta kuch bilan hujum qilishiga ishonmasligini bildirdi.

Uning nazarida, o’tgan hafta Ukraina hukumat vebsahifalariga uyushtirilgan kiberhujumlarga o’xshash harakatlar amalga oshirilishi mumkin.

Berbokning aytishicha, Germaniya Rossiya bilan qurilgan “Shimoliy oqim-2” gaz quvuriga qaramay, fundamental qadriyatlarni himoya qilishga tayyor.

"Garchi bu bizga iqtisodiy jihatdan qimmatga tushsa ham”, - dedi vazira.

Unga ko’ra, Berlin quvurning iqtisodiy qurol sifatida qo’llanailishiga yo’l qo’ymaydi.

Berbok nazarida, Rossiya qo’shinlarining chegarada asosli sababsiz yirik miqdorda to’planishi xavotirli hol va tahdid sifatida ko’rilishi mumkin.

Chorshanba kuni Ukraina prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvdan so’ng AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken germaniyalik hamkasbi bilan ham ko’rishmoqchi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, alyans oldida turgan asosiy vazifa Ukrainaga qarshi harbiy hujumning oldini olish.

"Rossiyaga aniq signal yuborganmiz: agar Ukrainaga nisbatan kuch qo’llasa, iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy sanksiyalarga uchrashi haqida”, - dedi u.

Rus askarlari shu hafta Ukrainaga chegaradosh Rostov oblastida harbiy mashg’ulotlar boshlagan. Vashington ma’lumotiga ko’ra, chegarada 100 ming rus qo’shini bor.

Rossiya ittifoqchi Belarus bilan ham qo’shma harbiy mashg’ulotlar o’tkazmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG