Jahon bo’ylab majburiy muhojirlar, ya’ni uyidan bosh olib chiqib ketishga majbur bo’lganlar soni 72 millionni tashkil etadi. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari uyushmasi hisobotiga nazar tashlasak.
2011-yili yer yuzida boshqa yillarga qaraganda kamroq tabiiy ofat kuzatildi – 336. Biroq moliyaviy zarari so’nggi o’n yillikda eng kattasi – 365 yarim million dollar.
Eng “qimmat” tabiiy ofat o’tgan mart Yaponiyada ro’y bergan sunamidir. Zararning yarmidan ko’pi unga to’g’ri keldi.
Shunga qaramay tabiat emas, balki inson yaratgan muammolar, xususan, qurolli mojaro, ta’qib, qashshoqlik va ekologik qiyinchiliklar deb uyini tark etishga majbur bo’lgan odamlar soni kattaroq, deydi Xalqaro Qizil Xoch Federatsiyasi rasmiylari.
Syu Lemsuryer 20 yildan buyon qochoqlar va boshpanasiz odamlar bilan ishlaydi.
“Bu yilgi Jahon ofatlari haqidgi hisobotda qayd etilishicha, bu muhojirlarning aksariyati qattiq iztirob chekkan odamlar. Bolalar, ayniqsa, oilasi, ota-onasidan ajraganlar, ruhiy jarohat olgan. Hukumatlar va mahalliy aholi bunday odamlarni quchoq ochib kutib olishi kerak, ularga psixologik yordam ko’rsatishi, maslahat berishi, qo’llab-quvvatlashi, bag’riga bosishi kerak. Boshqa gumanitar yordam ham ko’rsatilishi lozim”, - deydi u.
BMT ma’lumotiga ko’ra, uy-joyini tashlab ketishga majbur bo’lgan 72 million odamdan 15 millioni qochoq, ya’ni ta’qib va mojarodan qochgan hisoblanadi. So’nggi 25 yilda urushlar keskin kamayganiga qaramay, dunyo ahlining to’rtdan bir qismiga zo’ravonlik va mojarolar ta’sir qiladi.
Qolganlarni uyidan, vatanidan quvgan omillar – siyosiy o’zgarishlardan tortib qurilish loyihalarigacha. Har yili kamida 15 million odam shaharlar, to’g’on va yo’llar qurilishi deb boshqa uy-joy izlashga majbur.
“Men shunday vaziyatlarga guvoh bo’lganmanki, odamlar sunami debgina emas, balki iqtisodiy yoki ekologik sababga ko’ra boshqa joyga ko’chishga majbur bo’lgan. Sabablar turlicha. Ba’zilarning bir joydan boshqasiga ko’chishi mavsumiy tus olgan - uyidan ketadiyu, so’ngra yana qaytib keladi. Boshqalar butunlay ketadi,” – deydi Lemsuryer.
Hisobotda hukumatlar majburiy migrantlar ahvolini yaxshilash uchun qanday chora ko’rishi kerakligi haqida ma’lumot berilgan. Fuqarolik masalasini osonlashtirish, muhojirlarga ish topishda hamda mahallalarga qo’shilishda yordamlashish - shular jumlasidan.