Breaking News

Qozg’olonga tortilgan Yamanda yana otishma, 12 kishi o’lgan


김포공항에서 대기하는 고아들
김포공항에서 대기하는 고아들

Hukumatga qarshi chiqishlar tinmayotgan Yamanning Taiz va Xudayda shaharlarida bugun politsiya odamlarga qarata o’t ochgan.

Namoyishchilar davlatni 32 yillik rahbar Ali Abdulla Solih ketishini talab qilmoqda.

Janubdagi Taiz shahrida yuzlab odam hukumat idorasiga bostirib kirishga uringan va politsiya ularni o’qqa tutgan. Vrachlarning aytishicha, 12 kishi o’lgan, 30 dan ziyodi yaralangan.

Qozg’olonga tortilgan Yamanda yana otishma, 12 kishi o’lgan
Qozg’olonga tortilgan Yamanda yana otishma, 12 kishi o’lgan

Qizil dengiz bo’yidagi shahar Xudaydada ham namoyishchilar prezident qarorgohiga yurish qilgani, huquq-tartibot xodimlari bilan olishgani ma’lum.

Politsiya qurol va ko’zni yoshlantiruvchi gaz qo’llab, otishmada taxminan 50 odam jarohatlangan.

Qozg’olonga tortilgan Yamanda yana otishma, 12 kishi o’lgan
Qozg’olonga tortilgan Yamanda yana otishma, 12 kishi o’lgan

Prezident Solih g’alayonni bas qilishga undamoqda. Saylovlar o’tadi, deydi u, shundan so’nggina boshqaruv yangi rahbarlar qo’liga o’tadi.

Bundan boshqa yo’l yo’q, deydi u. Solihning amaldagi muddati 2013 yilda tugaydi.

Qo’zg’olon ko’targanlar talabi esa Ali Abdulla Solihning zudlikda iste’fosi, qurolli kuchlar va xavfsizlik tizimi islohoti, konstitutsiya reformasi va yangi saylovlar.

Boshqaruv vaqtincha vitse-prezident Abdul Rab Mansur al-Xadiga topshirilsin, deydi ular.

AQSh matbuoti xabariga ko’ra, Yaman prezidentini qo’llab-quvvatlab kelgan Qo’shma Shtatlar pozitsiyasi o’zgargan.

Biroq Obama ma’muriyati Solih ketsin deb hali rasman gapirmagan. Vashington da’vati Tunisda Zaynobiddin bin Ali, Misrda Husni Muborak iste’fosida hal qiluvchi rol o’ynagan edi.

Yaman yanvar oyidan beri notinch va yoshlar boshchilik qilayotgan to’qnashuvlar tobora qonli tus olmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG