Breaking News

Yaman rahbari arab davlatlari vositachiligida ketishga rozi


Yaman rahbari arab davlatlari vositachiligida ketishga rozi
Yaman rahbari arab davlatlari vositachiligida ketishga rozi

Yaman prezidenti Ali Abdulla Solih, Fors ko’rfazi davlatlari taklif etgan rejaga muvofiq, bir oy ichida iste’fo berishga ko’ngan. Mamlakat rasmiylari buni tasdiqlamoqda.

Saudiya Arabistoni va yana besh davlat ishtirokida tuzilgan rejaga binoan, Yaman muxolifati bilan kelishuv imzolanib, 32 yillik rahbar vakolatlari vitse-prezident zimmasiga o’tishi va keyinchalik saylovlar o’tkazilishi kerak.

Ali Abdulla Solih, uning oila a’zolari va eng yaqin maslahatchilari buning evaziga jinoiy javobgarlikdan soqit qilinadi.

Yaman rahbari arab davlatlari vositachiligida ketishga rozi
Yaman rahbari arab davlatlari vositachiligida ketishga rozi

Yamanda ikki oydan beri davom etayotgan namoyishlarda 120 kishi halok bo’lgan. Bugun Sano shahrida to’plangan olomon “bizning bu kelishuv bilan ishimiz yo’q, prezident darhol ketsin” deb talab qilmoqda.

Qo’shma Shtatlar arab davlatlari tashabbusini olqishlab, o’tish davri tinch va osoyishta bo’lishini ta’minlashga undamoqda.

Fors ko’rfazi Hamkorlik Kengashi bosh kotibi Abdulatif al-Zayani tinchlik rejasini payshanba kuni taqdim etgan edi. Yaman muxolif partiyalar koalitsiyasi uni muayyan shartlar asosida qabul qilgan.

Yaman rahbari arab davlatlari vositachiligida ketishga rozi
Yaman rahbari arab davlatlari vositachiligida ketishga rozi

Saylovlar Ali Abdulla Solih iste’fosidan so’ng ikki oy ichida o’tkaziladi.

Arab dunyosining eng qashshoq o’lkalaridan biri hisoblanmish Yaman g’alayonlar domiga tortilmasidan oldin ham siyosiy-ijtimoiy muammolar inkanjasida edi. Yoshlar orasida ishsizlik 15 foizdan yuqori.

Mamlakatni 1978 yildan beri boshqarib kelgan prezident Solih kecha haribylar oldida nutq so’zlab, mamlakatni fuqaro urushiga yetaklayotgan oppozitsiya, deya ta’kidladi. Ular tomonga o’tib olgan safdoshlarini esa korrupsiyaga botgan xoinlar, deb tanqid qilgan edi.

Bugun mamlakat bo’ylab ish tashlash aksiyalari o’tmoqda.

XS
SM
MD
LG