Breaking News

Prezident Zelenskiy bugun Vashingtonda bo’lishi kutilmoqda


Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urush boshidan beri ilk bor xorijga chiqdi. Bungacha o’nlab davlatlar va siyosiy yig’inlarga virtual murojaat qilgan rahbarni bugun AQShda kutishyapti. Xabarlarga ko’ra, u Vashingtonga qo’shni Polshadan uchgan.

Xalqaro hayot - 21-dekabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:21 0:00

Zelenskiy Prezident Jo Bayden va milliy xavfsizlik bilan shug’ullanuvchi rasmiylar bilan ko’rishadi, so’ng Bayden bilan matbuot anjumanida qatnashadi, Kapitoliyga borib, AQSh Kongressining har ikki palatasi vakillari oldida ma’ruza qiladi.

Zelenskiyning tashrifi chog’ida Bayden salkam ikki milliard dollarlik qo’shimcha harbiy yordam ajratilishi haqida e’lon qilishi kutilmoqda. AQSh rasmiylaridan birining aytishicha, Ukrainaga “Patriot” havo mudofaasi tizimi beriladi.

Zelenskiy buni ko’pdan beri so’rab kelayotgan edi.

So’nggi bor Zelenskiy Vashingtonga o’tgan yili borgan.

Kreml nazarida Zelenskiyning Vashingtonga safaridan foyda yo’q va tinchlik muzokaralariga yetaklamaydi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, G’arb davlatlarining Ukrainani qurol bilan tinimsiz ta’minlab turishi mojaroning chuqurlashishiga olib kelmoqda.

Prezident Vladimir Putin bugun Mudofaa vazirligining yuqori lavozimli rasmiylari va harbiy qo’mondonlar bilan majlis paytida Ukrainada harbiy kampaniya ko’zlagan barcha maqsadlarga erishilishi haqida so’zladi.

Unga ko’ra, NATO bloki bor harbiy salohiyatini Rossiyaga qarshi qaratmoqda.

Putin Mudofaa vazirligini maxsus harbiy amaliyot paytida bildirilayotgan tanqidiy fikrlarga quloq solishga chaqirdi, qisman safarbarlik ayrim muammolarni yuzaga chiqarganini aytdi.

Majlisda so’z olgan Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, NATOga a’zo 30 mamlakatdan 27 tasi Ukrainaga jami 97 milliard dollarga teng qurol bergan.

“NATO ofitserlari, artilleriyachilari va boshqa mutaxassislari jang maydonida faol harakat qilmoqda”, - dedi u.

Shoygu Rossiya qurolli kuchlari hajmini 30 foizga oshirishni taklif etdi, ya’ni 1 million 150 ming askardan 1,5 milliongacha. Putin bu taklifni ma’qulladi. Shoygu, shuningdek, majburiy xizmatga chaqiriluvchilar yoshini 21 dan 30 yoshgacha belgilash kerakligini aytdi. Hozir rossiyaliklar harbiy xizmatga 18 dan 27 yoshagacha chaqiriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG