Breaking News

“Yarim Tun O’ttiz” – bin Ladenni qanday topishgan?


Yarim Tun O'ttiz/Zero Dark Thirty
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:46 0:00
Oskar mukofotiga besh kategoriya bo’yicha ko’rsatilgan “Yarim Tun O’ttiz” (Zero Dark Thirty) kartinasida Al-Qoida asoschisi, birinchi raqamli terrorchi Osama bin Ladenni qidirib topish bo’yicha maxfiy operatsiya tasvirlangan. Yaqinda katta ekranda chiqqan bu film ancha shov-shuvga sabab bo’layapti.
"Yarim Tun O'ttiz"/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00
Yuklab oling

Tergovchi: Ochig’ini aytaymi senga? Senga do’st emasman, yordam bermayman. Seni sindiraman. Savollar bormi?

“Yarim Tun O’ttiz” fimi – Osama bin Ladenning o’ldirilishiga yetaklagan xufyona reyd haqida hikoya qiladi. "Zero Dark Thirty" harbiy termin bo'lib, operatsiya boshlangan vaqtni, 00:30 (24:30) ni anglatadi. Al-Qoida rahbarini topishda qo’llangan usullar, ya’ni qiynoqlar ham yaqqol ko’rsatilgan unda.

Film rejissyori Ketrin Bigelou bu kadrlar haqiqat, nima bo’lganini ochib berish uchun muhim edi, deydi.

“Operatsiyani asl holicha ko’rsatishga ahd qilgan edik. Bu nozik mavzu, lekin 10 yil davom etgan ovda qo’pol usullar qo’llanganini hech kim rad etolmaydi”, - deydi Bigelou.

Tergovchi: Bin Ladenni qachon ko’rgansan? Bin Ladenni oxirgi marta qachon ko’rgansan!!

Kartinani tanqid qilayotganlar orasida qonunchilar ham bor. Mana bu simulyatsiyada ko’rsatilgani kabi, mahbuslarni qiynab, ma’lumot olish effektiv choradek ko’rsatilgan, deydi ular.

Respublikachi senator Jon Makkeynning ta’kidlashicha, film aslo haqiqatni aks ettirmaydi.

“Bu kinoni ko’rib, sun’iy suvga cho’ktirishlar bilan ma’lumot yig’ishgan ekan, so’ngra uni bin Ladenni topish uchun ishlatishgan ekan, degan xato xulosaga kelasiz”, - deydi u.

Lekin 2011-yilning mayida, bin Laden o’ldirilganidan ikki kun o’tib, Vakillar Palatasining xavfsizlik qo’mitasi rahbari, kongressmen Piter King yuqoridagi da’volarni haqiqat deb tasdiqlagan edi.

“Shundan xabarim borki, ilk ma’lumotni tergovchilar Xolid Shayx Muhammaddan, uni suvga bo’kritib olishgan”.

Kongressmen endi tekshiruv o’tkazishni talab qilmoqda. Uning fikricha, film ijodkorlari Markaziy Razvedka Boshqarmasi va Mudofaa vazirligidan maxfiy informatsiya olgan.

Ssenariy muallifi Mark Boul ayblovlarni qat’iyan rad etadi.

“Film tomoshabinni sahna ortiga, jamoatchilikdan sir saqlanadigan bir dunyoga chorlaydi. Buning nimasi yomon”?

“Yarim Tun O’ttiz” AQSh qamoqxonalarida mahbuslar tahqirlanishini ochib bergan ilk kartina desak xato bo’ladi.

“Oskar” mukofotini olgan “Zulmat tomon taksi” hujjatli filmida Iroqning Abu G’arib qamoqxonasidagi qiynoqlar tasvirlanadi.

Rejissyor Lora Poytras esa 2010-yilgi “Ont” filmida AQShning Kubadagi Guantanamo qamog’idagi ahvolga nazar tashlaydi.

“Amerika Ovozi” bilan suhbatda ijodkor AQSh yuzini yerga qaratgan amaliyotlarni qoraladi.

“So’nggi to’qqiz yil ko’plab amerikaliklar uchun mavhum bir davr. Qiynoqlar qonuniylashtirilgani, maxfiy turmalar…”

Ayrim tanqidchilar deydiki, “Yarim Tun O’ttiz” filmini ko’rib, qiynoqlar ba’zida o’zini oqlaydi deb xulosa qilish mumkin. Rejissyorning javobi – filmda ko’rsatilgan sahnalar haqiqat.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG