Yangi Garlem, Nyu-York/New Harlem, NYC

Your browser doesn’t support HTML5

Garlem bir asrdan ziyod davr mobaynida Nyu-York shahrining eng zich qismi bo'lgan. Asosan, qora tanli amerikaliklar yashaydigan bu hudud shaharning eng qashshoq va jinoyatchilik chuqur ildiz otgan burchagi sifatida ham nom qozongan. Ammo so'nggi yillarda Garlem o'zgardi, hozirda u iqtisodiy jihatdan gurkiramoqda. Aholi ham o'zgardi, ammo Garlem hamon afro-amerikaliklar uchun markaziy nuqtalardan biri, deydi biz bilan suhbatda bo'lgan fuqarolar.