Nigeriya prezidenti Jonatan Gudlak Parijda o’tayotgan xalqaro muzokaralarda dunyo ahlidan “Boko Haram” terror guruhiga qarshi kurashda yordam so’radi.
Bu to’da o’tgan oy 300 dan ortiq qizni garovga olgan va agar qamoqdagi a’zolari qo’yib yuborilmasa, o’quvchilarni o’ldirishi yoki qullikka sotib yuborishi mumkinligini aytib, o’z shartlarini qo’ymoqda.
Bugungi uchrashuvga Fransiya prezidenti Fransua Olland mezbonlik qildi. Benin, Kamerun, Niger va Chad rahbarlari ham qathashdi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi hamda Amerika rasmiylari.
Britaniya Tashqi ishlar vaziri Vilyam Xeyg “Nigeriyada nima yordam kerak bo’lsa, beramiz”, deydi.
“Nigeriya “Boko Haram” dek guruhga qarshi chora ko’rishga tayyor emasligi ayon. Xavfsizlik kuchlari mustahkam emas, shu bois ham o’g’irlangan qizlarni qutqarish ishlari sekin, harakatlar zaif. Biz harbiylarimizni ishga solishimiz mumkin”,- deydi Xeyg.
Amerika allaqachon o'z harbiy mutaxassislarini yuborgan. Amaliyotlar xususida ko'p ma'lumot berilmayapti.
Parijdagi uchrashuvdan bir necha soat oldin “Boko Haram” Kamerun bilan chegaradosh hududda xuruj qilib, bir kishi o’lgan.
Xitoylik 10 ishchi garovga olingan, deya xabar bermoqda “Amerika Ovozi” ning mintaqadagi muxbiri.
“Boko Haram” o’zini G’arb va uning Shimoliy Afrikadagi manfaatlariga qarshi urush boshlagan harakat deb tanishtiradi.