Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Amerika Ukrainani Kremlga qarshi gijgijlab, tinchlikka raxna solmoqda, deydi.
Agar Ukraina o’z kelajagini o’zi mustaqil hal eta olganida, Rossiya va Yevropa Ittifoqi bilan qanday hamkorlik qilishni o’zi belgilay olganida, mojarolar vujudga kelmas edi, deydi Lavrov, bugun Rossiya televideniyesida so’zlar ekan.
Kecha Ukraina rahbari Petro Poroshenko Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytiruvchi katta bir hujjatga imzo chekdi. Rossiya bu qadamdan nozori va oqibatlari salbiy bo’ladi, deya ogohlantirmoqda.
O’tgan yili Viktor Yanukovich bu bitimga qo’l qo’ymaslikka qaror qilgani Ukraina xalqi orasida norozilik uyg’otib, namoyish va to’qnashuvlarga yetaklagan edi. Natijada Yanukovich prezidentlikdan ketdi.
Mamlakat sharqidagi bo’lginchi kuchlar bilan sulh ham uzaytirilgan lekin uning amaliyotiga ishonch past. Donetsk mintaqasida ikki kun oldin to’rt askar o’ldirilgan.
Yevropa Ittifoqi va uning ittifoqchisi AQSh nazarida separatistlar ortida Rossiya turibdi va shu bois ham mintaqaga chet el kuzatuvchilari kirishiga yo’l bermayapti. Kreml esa buning aksini bildiradi.