Hujjatsiz muhojir bolalarga yuridik yordam - Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

AQShda qonuniy maqomi bo’lmagan va shu bois deportatsiya qilinishi kutilayotgan bolalar soni oshib bormoqda. Ayrimlari Markaziy Amerika davlatlaridan va asosdan Meksika bilan chegarada qo’lga tushgan. Qolganlari Yevropa va Afrikadan, AQShga turist sifatida kelgan va viza muddati tugaganidan keyin mamlakatda qolgan. Nyu-Yorkdagi bir tashkilot deportatsiya qilinishi kutilayotgan bolalarni bepul advokat bilan ta’minlab, sudda ularning huquqlarini himoya qiladi. Navbahor Imamova hikoya qiladi.