Yazidiylar: Iroqda kun yo'q bizga

  • Amerika Ovozi

A man and his wife from the minority Yazidi sect, fleeing the violence in the Iraqi town of Sinjar, carry their children as they re-enter Iraq from Syria at the Iraqi-Syrian border crossing in Fishkhabour, Dohuk province, August 14, 2014.

Ekstremist kuchlar Iroqda ikki harbiy mashinani barbod qilgan. Voqea Sinjar shaharchasida ro’y bergan. Jangarilar bosib olgan hududlarda ahvol tang.

“Bizga yordam bermoqchi bo’lsangiz, iltimos, chegaraga yo’l oching va biz xorijga ketaylik”,- deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan kurdlardan biri.

“Arab davlatlaridan boshqa har yerga ketamiz. Iroqda kun yo’q bizga”,- deydi Hiyari Shamo ismli yazidiy.

Yazidiylar zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi jamoa bo’lib, Iroq va Shom islomiy davlati degan terrorist tizim vahshiyona nishonga olayotgan guruhlardan biri.

Yevropa Ittifoqi ekstremistlarga qarshi kurashni kuchaytirish uchun Iroq shimolidagi kurd harbiylariga yordamni oshirmoqda.

BMT Xavfsizlik kengashi esa Iroq va Shom islomiy davlati homiylarini jazolash yo’llarini, bu tizimga qurol va moliya oqimini to’xtatish choralarini izlamoqda.