Xalqaro hamjamiyatning ko'zi Toshkentda

Shavkat Mirziyoyev Afg’oniston bo’yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan AQSh Davlat kotibi o’rinbosari Tomas Shenon bilan gaplashgan. Anjuman aynan Prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan o'tayotgani AQSh tomonidan olqishlangan.

Tadbirning asosiy qismi 27-mart kuniga rejalangan. O’zbekiston va Afg’oniston prezidentlari ma’ruza qiladi.

26-mart kuni Toshkentda Afg'oniston rahbari Ashraf G’ani ham O'zbekiston prezidenti bilan muloqot qilgan. Kobul Toshkentdan uning say-harakatlari uchun minnatdor.

Toshkentdagi konferensiyada Tolibon ishtirok etmayapti lekin tadbirdan asosiy maqsad - Kobiul va jangari harakat orasida siyosiy murosa yo'llarini qidirish va xalqaro hamjamiyatning umumiy pozitsiyasini oydinlashtirish.

Your browser doesn’t support HTML5

Afg'oniston: Toshkentdagi anjuman nega muhim?

Anjuman arafasida G’ani Tolibon siyosiy kuch sifatida tan olinib, zo‘ravonlikni to’xtatib, muzokaraga o’tish lozimligi haqida gapirgan edi.

Mazkur konferensiya Afg’oniston hukumati bilan hamkorlikda tashkil qilingan. O'zbekistonda bunday faollik bilan o'z xalqaro rolini kuchaytirmoqchi.

Mirziyoyev olg'a surgan taraqqiyot strategiyasi mintaqada barqarorlik o’rnatilishini talab qiladi, Afg’onistonda barqarorlik o’rnatilmas, mintaqa ham tom ma'noda barqaror bo'lmaydi.

O’zbekiston geosiyosiy jarayonlarga qaytmoqda. 20 dan oshiq davlatlardan bosh diplomatlar yig'ilgan, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, NATO va BMT kabi xalqaro organlardan yuqori lavozimli vakillar kelgan.

Anjuman yakunida deklaratsiya qabul qilinishi kutilmoqda.

O'zbekiston hukumati tarqatgan surat