Vashington choyxonasi: AQShning nufuzli biznes maktablariga grant yutish sirlari

  • Amerika Ovozi

Nabijon Tog'ayev biznes maktablariga kirish yo'l-yo'riqlari haqida yoshlarga amaliy mashg'ulot o'tmoqda, Toshkent, O'zbekiston.

"Amerika Ovozi"ga eng ko'p keladigan savollardan biri AQShda o'qish imkoniyatlari va o'qish uchun grant topish haqida.

Amerikadagi nufuzli universitetlarga qanday kirish mumkin? Buning uchun minimum talablar qanaqa? Bunday universitetlardan to'liq grant olish mumkinmi? Shu kabi savollar bizga maktublar orqali tez-tez kelib turadi.

Jorj Vashington universitetida Biznes boshqaruvi bo'yicha magistratura darajasida o'qiyotgan o'zbekistonlik Nabijon Tog'ayev "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi mehmoni bo'ldi.

Nabijon nufuzli universitetda grant asosida o'qiydi. Biznes boshqaruvi kabi obro'li dasturga qabul qilinish, o'qish haqini to'liq qoplovchi grant yutib olish oson emas. Nabijon bunga qanday erishdi? AQShda o'qish uchun minimum talablar qanaqa? Grant yutish uchun qanday malaka va muvaffaqiyatlarga ega bo'lish kerak? Bularni qo'lga kiritish uchun hujjat topshirishda nimalarga e'tibor berish kerak? O'qishni bitirib AQShda ishlash uchun qolish mumkinmi?

Suhbatimizda Nabijon Tog'ayev shu savollarga javob beradi. Muloqotni quyida tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: AQShning nufuzli biznes maktablariga kirish yo'llari