22-avgust, chorshanba kuni, Vashington vaqti bilan 12-2 pm orasida O'zbekistonning bu davlatdagi elchixonasida vatandoshlar bilan jonli muloqot o'tkaziladi. Elchi va boshqa diplomatlar hamda Toshkentdan Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirlig rasmiylari qatnashishi kutilmoqda. Amerika Ovozi bu tadbirni jonli yoritadi, tahlil qilamiz. Savollarni shu post tagiga yoki uzbek@voanews.com adresiga yozing. Biz ularga javob olishga harakat qilamiz.
Qo'shimcha ma'lumotlar :
O'zbekiston hukumati vatandoshlar bilan ishlash, ular bilan yaqindan hamkorlik qilish maqsadida yangi dastur ishlab chiqqan. Mutasaddilar, elchixonaga ko'ra, kutilayotgan muloqotda uni tanishtiradi va qatnashchilar bilan gaplashadi.Yaqinda Nyu-Yorkda ham u yerdagi diplomatlar bilan vatandoshlar davra suhbati o'tkazgan edi.
O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov bu borada tvit yozdi.