Vashington choyxonasi: Xitoyning uyg'ur xalqiga qilayotgan zulmi

  • Amerika Ovozi

Xitoyga qarshi o'tkazilgan namoyish ishtirokchisi, Bryussel, Belgiya, 2018-yil, 27-aprel.

Xitoyda bir milliondan ortiq uyg'ur va boshqa ozchilik turkiy elatlar musulmon bo'lgani uchun lagerlarda majburan saqlanmoqda. Uyg'ur faollari dunyo ahlini Xitoy zulmiga qarshi turishga chaqiradi.

Poytaxt Vashingtonda ham Kapitoliy va Oq uy binolari oldida bir necha oydan beri uyg'ur faollari Xitoyga qarshi namoyish o'tkazmoqda. Ular AQSh hukumatini bu masalaga jiddiyroq e'tibor berishga chaqirmoqda.

Ayni paytda Davlat departamenti uyg'urlarga qarshi tazyiqlar kuchaygani yuzasidan Xitoyga yangi sanksiyalar qo'llash masalasini ko'rib chiqayotgani haqida xabarlar bor.

Xitoydagi so'nggi vaziyat qanday? Uyg'ur xalqi bu o'lkada qanday yashamoqda? Ular nega bunchalik jabr-zulmga duchor bo'lmoqda? Xitoyga qarshi kurashayotgan faollarning maqsadi nima?

Shu kabi savollarga javob topish uchun sharqiy turkistonlik imom, uyg'ur huquqlari faoli Bilol Ibrohim Turkistoniyni "Vashington choyxonasi"ga taklif qildik.

Suhbatimizni quyida tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: uyg'urlar faryodi