Breaking News

Xitoy rasmiylariga sanksiyalar joriy etilishi mumkin


Masjid kiraverishida "Partiyani sev, Vatanni sev!" degan shior osilgan. Qashg'ar, Shinjon viloyati. 2017-yil, 4-noyabr.
Masjid kiraverishida "Partiyani sev, Vatanni sev!" degan shior osilgan. Qashg'ar, Shinjon viloyati. 2017-yil, 4-noyabr.

AQShning 17 nafar qonunchilaridan iborat ikki partiyali guruh Tramp ma’muriyatini Xitoyning yuksak martabali rasmiylariga qarshi sanksiyalar joriy qilishga chaqirmoqda. Xitoy hukumati tomonidan olis Shinjon viloyatida yashaydigan kamchilikni tashkil etuvchi musulmon aholining huquqlari poymol etilayotgani guruh e’tiroziga sabab bo’lgan.

Guruh 29-avgust kuni davlat kotibi Mayk Pompeo va G’aznachilik vaziri Stiven Mnuchinga maktub yo’llagan. Unda ta’kidlanishicha, g’arbiy avtonom hududda yashaydigan millionlab uyg’urlar va boshqa musulmon aholi “ixtiyoriy tanlov asosida hibsga olinib, qiynoqqa solinmoqda, diniy va madaniy qadriyatlarga qat’iy to’siq o’rnatilgan”. Shuningdek, musulmon aholi “siyosiy qayta ta’lim markazlari va lagerlariga majburiy biriktirilgan”.

Pekinda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chunying qonunchilar guruhining axborotini inkor etgan. “Ular o’zlarini inson huquqlari hakami deb e’lon qilib, boshqa davlatlarning ishiga aralashishdan ko’ra e’tiborini o’z ishlariga qaratsin”, - deydi Chunying jurnalistlar bilan suhbatda.

Xitoy hukumati 2017-yil aprelidan ekstremistik kayfiyatdagi musulmon uyg’urlarni hibsga olish va qayta ta’lim lagerlariga biriktirish kampaniyasini joriy qilgan edi.

Uyg’ur faollari va huquqni muhofaza qilish guruhlarining axborotlariga ko’ra, hibsda saqlab turilganlar soni 120 mingdan 1 million kishigacha yetadi.

Pekin tahlillariga ko’ra, Shinjon musulmon uyg’urlar va etnik ko’pchilikni tashkil etuvchi xanlarga qarshi hujum uyushtirayotgan va tanglikni kuchaytirayotgan terrorchi guruhlarning jiddiy tahdidi bilan yuzlashmoqda.

Maktubni Kongressning Xitoy bo’yicha ijrochi komissiyasi raislari respublikachi senator Marko Rubio va respublikachi vakil Kristofer Smit imzolagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG