Prezident Donald Tramp AQShga kirib kelayotgan Xitoyning qo'shimcha 200 milliard dollarlik mollariga yangi boj joriy qildi. Ikki mamlakat o'rtasidagi savdo urushi yanada avj olmoqda.
Yangi import solig'i kelasi hafta kuchga kiradi va yil oxirigacha 25 foizga chiqadi.
AQShning bu so'nggi ishi Pekinni ham qarshi chora ko'rishga majburlashi mumkin. Xitoy avvalroq Vashington bilan savdo muloqotini o'tkazishga tayyor ekanini, lekin AQSh qo'shimcha tariflar joriy qilsa, muzokarani to'xtatishini aytgan edi.
Oq uyning iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchisi Larri Kudlovga ko'ra, Vashington Pekin bilan muloqot qilishga tayyor.
"Agar Xitoy savdo muammolarini hal qilish uchun jiddiy muloqot qilishni istasa, biz muzokara uchun tayyormiz", - dedi u.
Yangi tariflar haqidagi bayonotda Trampning aytishicha, agar Xitoy AQSh fermerlari yoki boshqa sohalarni nishonga olsa, Vashington tariflarning uchinchi bosqichini boshlaydi; bunda 267 milliard dollarlik qo'shimcha mollarga boj solinishi rejalangan.
Tramning da'vo qilishicha, savdo tariflari AQSh iqtisodiyotinining yanada o'sishiga hissa qo'shmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5