Markaziy razvedka byurosining sobiq direktori Jeyms Komi 17-dekabr kuni Prezident Donald Trampni yolg’onchilik va qonun ustuvorligi tamoyillarini poymol qilganlikda aybladi.
“AQSh prezidenti va uning yordamchilarining doimiy yolg’onlari oqibatida razvedka byurosining nufuziga jiddiy putur yetdi. Afsuski, qator yaxshi odamlar ana shu bo’xtonlarga ishonadi”, - dedi Komi Adliya va Nazorat qo’mitalari huzurida ko’rsatma bergach, muxbirlar bilan bo’lgan suhbatda.
Komi qonunchilar razvedka byurosoning sobiq davlat kotibi Xillari Klintonning davlat ishlarida shaxsiy elektron pochtasidan foydalangani bo’yicha olib borgan tergovlariga takror e’tibor qaratayotganini ma’lum qilgan.
Shunigdek, Komi respublikachilarni Tramp va uning tarafdorlariga qarshilik ko’rsatishdan qo’rqayotganlikda aybladi.
“Respublikachilar prezidentning xatti-harakatlari, so’zlari, qonun ustuvorligi va haqiqat muhim ahamaiyatga ega deb bilar edi. Qani o’sha respublikachilar?” – deydi u.
Sobiq rasmiy mamlakat an’analarini oyoq osti qilayotgan amaldagi prezident va uning mantiqsiz siyosatiga qarshi turish lozimligini aytgan.
O’z navbatida, Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders 17-dekabr oqshomida "Twitter" orqali munosabat bildirib, respublikachilarni Komi va u amalga oshirgan yirik korrupsion faoliyatga qarshi turishga chaqirdi.
“Uyatsizlarcha amalga oshirgan firibgarligi uchun Komini ishdan olib, prezident davlat manfaatlarini himoya qildi”, - deb yozdi Sanders.
Tramp 2017-yilning may oyida prezidentga sadoqat ko’rsatishga qasamyod qilmagani va saylov kampaniyasi faoliyatiga Rossiyaning aralashuvi yuzasidan tergov ishini to’xtatib qo’yganligi uchun Komini vazifasidan ozod qilgan edi.
Komining ishdan olinishi maxsus maslahatchi Robert Myuller tomonidan tergov qilinayotgan masalalardan biri hisoblanadi.