Kongressda O'zbekiston maslahat kengashi

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh Vakillar palatasida Oʻzbekiston maslahat kengashi tuzilgan. Respublikachi va demokrat qonunchilardan iborat kengashning asosiy maqsadi, deydi kongressmenlar Trent Kelli va Visente Gonzalez, respublikaga nisbatan siyosatni belgilashda fikr almashish va hamkor davlat parlamenti bilan ishlash.

AQSh Vakillar palatasida Oʻzbekiston maslahat kengashi tuzilgan. 6-fevral kuni bu guruh oʻzini tanishtirdi. Respublikachi va demokrat qonunchilardan iborat Oʻzbekiston kengashining asosiy maqsadi, deydi kongressmenlar Trent Kelli va Visente Gonzalez, respublikaga nisbatan siyosatni belgilashda maslahatlashib turish va hamkor davlat parlamenti bilan ishlash. Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasida oʻtgan tadbirda kongressmenlardan tashqari Amerika siyosiy, ilmiy, biznes va nohukumat doiralari vakillari hamda Toshkentdan kelgan rasmiy delegatsiya, xususan Bosh vazir oʻrinbosari Tanzila Norboyeva va Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ham ishtirok etdi.