Qatar poytaxti Doxa shahrida AQShning Afg’oniston uchun maxsus vakili va Tolibon harakati delegatsiyasi o’rtasida muzokaralar davom etar ekan, Kobulda rasmiylar “yopiq eshik”lar ortida o’tkazilayotgan muzokaralardan xavotirda.
Afg’oniston Oliy Tinchlik Kengashiy bosh kotibi Muhammad Umar Dovudzay muzokaralar yopiq eshiklar ortida davom etayotagni savol va xavotir o’rni ekanini aytadi.
U ayni damda AQSh harbiylarining Afg’onistonni tark etishi bo’yicha kelishilgan murosaga ham o’z munosabatini bildirdi.
“Vashington harbiylarining qolishi bo’yicha Kobul bilan bitim imzolagan, o’zgartirish ham Afg’on hukumati bilan kelishilgan holda bo’ladi, Tolibon bilan emas”,- deydi Umar Dovudzay.
Doxada 22-fevral kuni boshlatilgan muzokaralar hanuz davom etmoqda.
Qo’shma Shtatlar Davlat kotibi Mayk Pompeo muzokaralarni tezlashtirish uchun uchrashuvlarda qatnashishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Delegatsiyamiz terrorchi Tolibon guruhi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Biz Afg’onistonda tinchlik qaytishi, bu mamlakat AQSh uchun tahdid bo’lmasligini istaymiz”,- deydi Pompeo.
Shuningdek, AQSh milliy xavfsiz kengashi maslahatchi Jon Bolton "CNN" telekanali bilan suhbatda Tolibon guruhiga ishonib bo’lmaydi deb aytgan.
Bolton nazarida, harakat muzokaralarda o’z manfa’atiga urg’u bermoda.
“AQSh delegatsiyasi bor kuchini muzokaralarda ishlatmoqda”,- deydi Bolton.
Jon Bolton Amerika askarlarining bir qismi Afg’onistonda qoldirilishi ahamiyatli ekanini bildiradi.
Hozirgi kunda bir qancha davlatlar Afg’on sulhi muzokalari haqida o’z munosabatini bildirib kelmoqda. Yordam uchun hamma tayyor ekanini aytmoqda.
AQSh, Rossiya, Pokiston, arab davlatlari, Markaziy Osiyo davlari jumladan O’zbekiston bu masalada ancha faol.
O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va O’zbekiston prezidentining Afg’oniston masalalari bo’yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev Tolibon guruhi rahbari o’rinbosari Mulla Birodar Oxund bilan Qatar poytaxti Duha shahrida uchrashdi.
Tolibon guruhi bayonotida, O’zbekiston rasmiylari harakat vakillari bilan muloqotda Afg’onistonda sulh taminlanishi hamda iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish bo’yicha yordamga tayyor ekanini aytgan.
Mulla Birodar Oxund O’zbekiston davlatiga Afg’onistonda tinchlik taminlanishi bo’yicha olib borayotgan sa’y-harakatlari uchun tashahkkurlik bildirgan.
Muloqot bir necha soat davom etgan.
O’zbekiston rasmiylarining Tolibon vakillari bilan muloqoti ketidan Afg’oniston hukumati milliy xavfsizlik kengashi maslahatchisi Hamdullah Muhib yuqori lavozimli delegatsiya bilan Toshkentga borgan.
Hamdullah Muhib O’zbekiston milliy xavfsizlik kengashi maslahatchisi Viktor Mahmudov bilan muloqotda ikki tomonlama hamkorlik, xususan terrizmga qarshi kurash, chegara xavfsizligi bo’yicha gaplashgan.
O’zbekiston rasmiysi yana bir bor tinclik muzokaralari bevosita afg’onlar rahbarlilgida bo’lishini ta’kidlagan.
Ular, kelgusi muloqot Kobulda o’tkazilishi bo’ycha kelishgan.
Markaziy Osiyo davlatlari Afg’oniston sulhi bo’ycha yordamga tayyor ekanini aytib keladi, O’zbekiston esa ushbu masala bo’yicha allaqachon bir necha amaliy qadamlar tashlagan. Bu esa O’zbekiston-Afg’oniston kelasi yaqin va ichonchlil hamkorlar bo’lishiga zamin yaratadi.