“Global Finance” jurnali dunyoning eng qashshoq mamlakatlari ro’yxatini e’lon qildi. Iqtisodi eng zaif mamlakatlar o’ntaligidagi barcha davlatlar Afrika qit'asidan. Ro’yxat bilan tanishing:
1. Burundi
2. Markaziy Afrika Respublikasi
3. Kongo Demokratik Respublikasi
4. Malavi
5. Nigeriya
6. Mozambik
7. Liberiya
8. Janubiy Sudan
9. Komor orollari
10. Madagaskar
Jurnal, shuningdek, aholisining xarid quvvatidan kelib chiqib, eng nochor mamlakatlardan qudratli iqtisodga ega bo’lgan davlatlargacha bo’lgan reytingni ham tuzdi. Jumladan, xarid quvvati eng zaif Burundi aholisining har bir vakili kuniga 1,25 dollarlik mahsulot sotib olishi mumkin.
Reytingda e’tiborni tortgan ayrim mamlakatlarga to’xtalsak:
Afg’oniston – 16-o’rin
Tojikiston – 35-o’rin
Qirg’iziston – 42-o’rin
O’zbekiston – 66-o’rin
Turkmaniston – 120-o’rin
Turkiya – 132-o’rin
Qozog’iston – 135-o’rin
Rossiya – 137-o’rin
Saudiya Arabistoni – 177-o’rin
AQSh – 180-o’rin
Qatar – 191-o’rin
Jurnal reytingni tuzishda Xalqaro Moliya Fondining 2018-yil bo'yicha tahlil va tadqiqotlariga tayangan.