Afg'onistonning AQShdagi elchisi Roya Rahmoniy "Amerika Ovozi" bilan muloqotda deydiki, uning davlati O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan hamkorlikning yangi davrini boshlagan va umidga to'la. Afg'oniston o'z tinchligi va farovonligi yo'lida ularga tayanadi, deydi elchi.
Your browser doesn’t support HTML5
"O'zbekiston hukumati olg'a surgan tashabbuslar, xususan tinchlik muzokaralari, bizga juda ma'qul", - deydi Rahmoniy.
"Bu qo'shnimiz bizga iqtisodiy jihatdan ham yordamlashib kelmoqda. Madaniy-ma'rifiy loyihalar ishga tushgan, shuningdek, biznes va savdo ham astalik oshib bormoqda. Biz faqat oldinga qadam tashlaymiz, degan umiddamiz".
Afg'on xotin-qizlari Tolibon bilan murosa qilinsa, vaziyat og'irlashadi deya xavotirda. Markaziy Osiyo davlatlari esa siyosiy murosa tarafdori.
Lekin ular afg'on ayollarining manfaatlari himoyasi uchun tayyormi? Bu borada Afg'onistonga qanday yordam bera oladi?
"Albatta yordam bera olishadi va bu albatta olqishlanadi", - deydi elchi Rahmoniy.
"Hech kim zulm ostida yashashni istamaydi. Qo'shningiz zulm ostida yashashini xohlamaysiz, chunki bu zulm sizga ham ta'sir qilishi tayin. Jamiyatning yarmi azoblansa, tasavvur qiling, u qanchalik zaiflashadi. Zaif qo'shni esa xatar manbai".
Afg'onistonda hamma tinchlik istaydi, shu jumladan qurolli muxolifat, ya'ni Tolibon ham, deydi elchi. Shu bilan birga hech kim huquqi buzilishini ham yoki xo'rlanishni ham xohlamaydi, shu jumladan xotin-qizlar.
Hamma shuni anglashi lozim, deydi Rahmoniy.
Afg'oniston elchisi bilan muloqot to'liq holda quyida: