Virjiniya Bich: AQShda yana otishma

  • Amerika Ovozi

Voqea joyiga yo'l olgan tez tibbiy yordam. Virjiniya bich shahri, 31-may, 2019

Hokimiyat binosida yuz bergan otishmada kamida 11 kishi halok bo'lgan. 6 kishi yaralangan.

Qurollangan shaxs politsiya bilan otishmada o'ldirilgan. Halok bo'lganlar va qotilning shaxsi ma'lum qilinmagan.

Hujumchi uzoq yillardan beri shahar ma'muriyati binolaridan birida ishlagani aytilmoqda. U binoga bostirib kirib, o'z hamkasblarini o'qqa tutgan. Yaralanganlar orasida bir politsiya xodimi ham bor. Yaradorlar shifoxonaga yetkazilgan. Otishma mahalliy vaqt bilan 16:00 dan o'tganda sodir etilgan.

Shahar meri vaziyat nazoratga olingani va tergov-surishtiruv ishlari avjida ekanini bildirdi.

Virjiniya Bich Atlantika okeani sohillaridagi go'zal tabiatga ega so'lim shahar. Virjiniya shtatining eng gavjum shahri sanaladi. Aholisi 450 ming kishidan iborat.