Ramazon hayiti arafasida Mirziyoyev 575 mahbusni afv etdi

Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgach uning dastlabki uchrashuvlaridan biri diniy jamoatchilik vakillari bilan bo'lgan edi

O’zbekistonda diniy mahbuslarni ozodlikka chiqarish davom etmoqda, ammo panjara ortida hamon 7 mingga yaqin shunday inson borligi taxmin qilinadi. Hayit munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev afv etgan 575 mahbusning ko’pchiligi ham noqonuniy diniy tashkilotlarga a’zolikda ayblanganlardan iborat.

Your browser doesn’t support HTML5

O'zbekiston: Hayit arafasida afv etilganlar kimlar?

Prezident Mirziyoyevning Ramazon hayiti munosabati bilan afv haqida imzolagan farmonida diniy ayblovlar bilan qamalgan mahbuslarga doir biror aniq ishora yo’q.

Ammo avval e’lon qilingan va diniy mahbuslar ozodlikka chiqqan farmonlar kabi “Jazo muddatini o’tayotgan, qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan va tuzalish yo’liga qat’iy o’tgan bir guruh shaxslarni” nazarda tutadi.

Bunday shaxslar 575 nafar. Huquq himoyachilariga ko'ra, ularning aksariyatini diniy motivlar bilan qamalgan odamlar.

... qamoqdagi diniy mahbuslar soni 5-7 ming kishi atrofida.

Mustaqil O’zbekiston tarixida ilk bor imzolangan afv farmoni 2,5 ming oshiq mahbuslarga tegishli bo’lgan edi. Bu farmondan so’ng mamlakatda amnistiyaga doir boshqa bir necha hujjatlar ham qabul qilindi.

Huquq himoyachilari nazarida diniy mahbuslarni qamoqdan chiqishiga doir aniq ishoralar Mirziyoyevning “adashgan” dindorlarga doir bayonot qilishidan, buning ortidan esa Bosh prokuratura diniy ayblovlar aksariyati soxtalashtirganini tan olishidan boshlangan.

Diniy erkinlik masalasi O'zbekiston-G'arb hamkorligidagi muhim omillardan

O’zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov dindorlarga nisbatan repressiyalar avjda bo’lgan davrdan, ya'ni oldingi rahbar Islom Karimov paytidan e’tiqod erkinligi masalasi va qamoqdagi dindorlar taqdiri bilan shug’ullanib keladi.

Tashkilot hisobicha shu kunlarda qamoqdagi diniy mahbuslar soni 5-7 ming atrofida qolgan. Uch yil avval bu ko’rsatkich 12-13 ming kishini tashil etayotgan edi.

“Bir necha oylar avval Bosh prokuraturaning o’zi ham tan oldi: diniy motivlar bilan qamalganlar aksariyatining ishi uydirma bo’lgan. Ammo shunga qaramasdan, hamon qamoqdagi diniy mahbuslar soni 5-7 ming kishi atrofida. To’g’ri, ularning aksariyati manzil koloniyasiga o’tkazilgan, ozod qilingan, lekin baribir qamoqda qolyapti”, - deydi Surat Ikromov.

O’zbekistonda diniy mahbuslar qatlami Karimovning chorak asrlik hukmronlik davrida mamlakatda diniy muxolifat vujudga kelishi ortidan yuzaga chiqqan edi. Bu qatlam uzoq yillar xavfsizlikka nisbatan asosiy tahdid sifatida ko’rsatib kelindi.

Prezidentning afv haqidagi farmoni ortidan ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilayotgan izohlarga ko’ra, ozodlikka chiqqan dindorlar qatorida uzoq yillik mahkumlar ham bor. Bu izohlar O’zbekiston qamoqxonalarida dindorlarga nisbatan qo’shimcha jazo choralarini belgilash tajribasiga barham berilayotganidan ham darak.

O’zbekistonda diniy motiv bilan qamalgan mahbuslarga doir rasmiy raqamlar hech qachon oshkor qilinmagan, ammo dindorlarga nisbatan tazyiqlar kuchaygan davrdagi norasmiy raqamlarda mamlakatda 15 minggacha diniy mahkumlar borligi qayd qilingan.

Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgach uning dastlabki uchrashuvlaridan biri diniy jamoatchilik vakillari bilan bo’ldi. Mamlakat tarixida ilk bor prezident dindorlarga rasman iftorlik berdi. Adolatsiz diniy siyosat fuqarolarni radikal oqimlar tomon yetaklagani tan olindi. Prezident adashganlar aksariyati “qora ro’yxat”dan chiqarilganini e’lon qildi.

O’zbekistonda diniy mahbuslar qatlami Karimovning chorak asrlik hukmronlik davrida mamlakatda diniy muxolifat vujudga kelishi ortidan yuzaga chiqqan edi. Bu qatlam uzoq yillar xavfsizlikka nisbatan asosiy tahdid sifatida ko’rsatib kelindi.