Hisobot: Antarktika dengiz muzlari erimoqda

  • Amerika Ovozi

his January 2017 photo provided by Ted Scambos shows sea ice on the ocean surrounding Antarctica during an expedition to the Ross Sea.

Antarktika atrofidagi dengiz muzlari uch yil ichida rekord darajadagi balandlikdan rekord darajada kamaygan. Bu haqda NASA e'lon qilgan hisobotda aytiladi.

Shimoliy Muz okeanida muzlar erisa, Antarktika atrofida aksi, ya'ni ko'tarilib borayotgan edi. 2014-yildan boshlab vaziyat o'zgardi.

"2017-yil holatiga ko'ra, uch yilda muz 40 yil ichidagi eng quyi nuqtaga tushdi: 10,7 million kvadrat kilometr. Shu vaqt ichida ikki million kv. km. muz erib ketdi. Bu Meksika hududidan kattaroq maydon", - deydi NASA tadqiqotchisi Kleyr Parkinson.

Antarktikaning 40 yilda to'plangan muzlari uch yilda g'oyib bo'ldi. Bu yerda muz hatto Arktika mintaqasidan ham tez erimoqda.

Olimlar Arktika dengiz muzining erishini havo va suvning isishi bilan bog'lashadi. Ammo Antarktikadagi o'zgarish tadqiqotchilar uchun jumboqligicha qolmoqda.

"2014-yildan keyin bunday keskin qisqarish ro'y berishini ba'zilar atmosferada yoki okeanda yuz bergan o'zgarishlarga bog'lashga urindi. Ueddel dengizidagi o'zgarishga shimoldan kelayotgan iliq havo aybdor, Ross dengizida esa sabablar boshqa bo'lishi mumkin, degan qarashlar bor", - deydi Parkinson.

Sababi nima bo'lishidan qat'iy nazar, bu o'zgarish yer va qutb ekotizimi uchun jiddiy oqibatlarga olib borishi mumkin. Quyosh nurini qaytaruvchi muzdan farqli ravishda, suv nurni o'ziga singdirib oladi. Bu esa okean suvining isishda davom etishiga sabab bo'ladi.

Olimlar Antarktikadagi muammo sababi va yechimini topish ustida ishni davom ettirmoqda.