O'zbekiston qimmatbaho qog'ozlar bozorini kim tebratmoqda?

"Toshkent" Respublika fond birjasi bugun yangicha uslubda ishlaydi, deydi uning rahbari Bekzod Usmonov, Vashingtonda "Amerika Ovozi" bilan suhbatda

Shu kunlarda O'zbekistondan AQShga safar qilgan yuqori darajali delegatsiya tarkibida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov bilan yonma-yon yurgan Bekzod Usmonov "Toshkent" Respublika fond birjasini boshqaradi.

Your browser doesn’t support HTML5

O'zbekiston qimmatbaho qog'ozlar bozorini kim tebratmoqda?

"Amerika Ovozi" Usmonov bilan suhbatlashar ekan, birjaning yaqin o'tmishi va bugungi faoliyati haqida so'radi.

O'zbekistonda qimmatbaho qog'ozlar bozorini kim rivojlantirmoqda?

Amerika bu borada qanday yordam bera oladi?

Aksiyadorlar hozirda qanday tizim orqali savdo qiladi?

Ular qanchalik himoyalangan?

Bozorda savdo qanday? Talab va qiziqish qanchalik?

Birja qanchalik ishonchli?

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiyada yetakchi senator Sodiq Safoyev, Adliya vaziri Ruslan Davletov, Inson huquqlari milliy markazi direktori Akmal Saidov ham bo'ldi.

Vashington va Nyu-Yorkda kechgan muzokaralarda Usmonov va Nazirov mamlakat kapital bozori va asosiy birjasida tashlanayotgan qadamlar, maqsadlar va sinovlar haqida so'zlab berdi.

Har ikkisi nazarida AQSh birjalaridan va moliyaviy tizimidan o'rnak olish kerak va bu davlat ekspertlari bilan yaqindan ishlash lozim.

Vashingtonda Jahon banki va Xalqaro Valyuta Fondi, Nyu-Yorkdagi qimmatbaho qog'ozlar bozoridagi rasmiylar bilan suhbatlarda hamkorlik qilishga kelishib olingan.

O'zbekiston bu borada qanday potensialga ega? Respublikada ushbu sohani tushunadigan qancha?

Javoblar Bekzod Usmonov bilan intervyuda. Tomosha qiling.