AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda favqulodda holat e’lon qilib, harbiy loyihalarga ajratilgan 3,6 milliard dollar mablag’ni janubiy chegarada devor qurish uchun yo’naltirishga qaror qilgan edi. Senat takroran bu ikki qarorni bekor qilishga ovoz berdi.
Prezident Donald Tramp San-Diegoda o’tgan saylovoldi uchrashuvida chegara xavfsizligi bo’yicha jiddiy va’dalar berdi.
“Devor 600 kilometrdan uzun bo’ladi. Vaziyatdan kelib chiqib, keyingi yil yakuniga qadar devorni 800 kilometrgacha yetkazishimiz mumkin”, - dedi Tramp.
Prezident ma’muriyati Kongress tasdiqlagan mablag’dan qoniqmadi. Mudofaa vazirligining harbiy loyihalarga ajratilgan 3,6 milliard dollar mablag’i devor qurilishiga yo’naltiriladigan bo’lgan edi.
Senat ushbu rejani bekor qilish uchun ikkinchi bor ovoz berdi. Biroq Tramp takror veto huquqidan foydalansa, palatada vetoni bekor qilish uchun ovozlar yetarli bo’lmaydi.
“Prezident o’z siyosiy manfaati yo’lida mintaqaviy migratsiya dinamikasiga zarba berishga intilmoqda deydi”, - senator Robert Menandez.
O’z navbatida, Tramp Markaziy Amerika mamlakatlarini fuqarolarning shimolga migratsiya qilishiga yo’l qo’ymaslik va AQShdan qaytarilganlarni qabul qilishga undamoqda.
“Biz Kongress bilan murosaga erishish o’rniga Meksika, Gavtemala, Salvador va Gonduras bilan kelishayapmiz”, - dedi prezident.
Qayta saylanishga urinayotgan Tramp uchun chegara xavfsizligi bosh masala.
“Trampning haqiqiy tarafdori bo’lsangiz, demak, chegara xavfsizligi tarafdorisiz. Noqonuniy migratsiyaga qarshisiz. Bunday siyosat saylovchilar maoshining o’sishiga sabab bo’lishini anglaysiz”, - deydi respublikachi Jon Fieri.
Immigratsiya bo’yicha ekspert Kristodal Ramonga ko’ra, 2020-yilda chegara devorining amalda qanchasi bitishi borasida Tramp va’dasi shubhali. Markaziy Amerika mamlakatlari bilan kelishuv qanday natija berishi ham savol ostida.
Prezident tashabbusi muvaffaqiyati migratlar oqimining kamayishda davom etish-etmasligiga qarab belgilanadi.
“Asosiy masala raqamlarning nisbatan ozayib borishi yoki qaytadan o’sib ketishida”, - deydi ekspert.
Immigratsiya bo’yicha pozitsiyasini mustahkamlash uchun Tramp siyosiy chaqiriqlardan unumli foydalanadi.
“Tramp o’z tarafdorlariga keskin qarashlarini singdira olsa, bu uning uchun katta g’alaba”, - deydi Ramon.
Asosiy tarafdorlar uchun prezidentning sobitqadam intilishini va progressni his qilish muhim.
“Boshqa siyosatchilardan farqli ravishda Tramp va’dalarini bajaraish uchun jiddiy kurashmoqda”, - deydi Fieri.