2021-yil AQSh va Rossiya yadro qurollarini cheklab turuvchi "New START" kelishuvi o'z kuchini yo'qotadi. Bitim muddatining uzaytirilishi savol ostida. Ayni paytda AQSh va Rossiya yadro qurollari arsenalini yangilash harakatida ekani aytilmoqda. Dunyo yana qurollanish poygasi ostonasidami?
Shu hafta Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Vashingtonda bo’lib, AQSh Prezidenti Donald Tramp va Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashdi. Uchrashuvda AQSh va Rossiya o’rtasidagi mavjud qurol-yarog’ bitimining amal qilish muhlatini uzaytirish asosiy mavzu bo’lgani aytilmoqda.
"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida AQSh va Rossiya o’rtasidagi qurol nazorati bo'yicha mavjud kelishuvning bugungi ahvoli va kelajagi haqida fikr yuritdik.
Muloqotimizni quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5