"Men bu dunyoning azoblarini qamoqda emas, erkinlikda tortdim", - deydi hali 25 bahorni ham ko'rmagan Rustam Qo'shbekov. Rustam 2016-yildan beri panjara ortida. Ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq ayblar ostida 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Qoraqalpog'istondagi mash'um Jasliq zonasida edi. 2019-yilda bu qamoqxona yopilgach, Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi 7-sonli jazoni o'tash koloniyasiga ko'chirildi. Rustam o'smir paytida Rossiyaga ish izlab borib, nihoyatda qiynalganini aytadi. Keyin Suriyaga yo'l oldi. Xayolida hech kimga kerak bo'lmagan hayotini urush maydonida qurbon qilishga ahd qildi. Bordi lekin fikridan qaytdi. Ortga qaytish esa oson kechmadi. Ne azoblarni ko'rmadi. Bir amallab yana Rossiyaga keldi. Vatanda qidirilayotgani uchun oilasi bosimda edi. Rustam O'zbekistonga qadam qo'yishi bilanoq hibsga olindi. Sudlandi va Jasliqqa yuborildi. "Men davlat va xalq dushmani emasman", - deydi mahkum. "Bo'lganmisiz?" deya so'raymiz undan. "Bilib-bilmay balki bo'lgandirman", - deya javob qiladi Rustam. Tovoqsoydan maxsus dasturlarni (besh qism) shu kanalda tomosha qiling.
Tovoqsoydagi taqdirlar: Farg'ona, Rossiya, Suriya, Jasliq...
Your browser doesn’t support HTML5
"Men bu dunyoning azoblarini qamoqda emas, erkinlikda tortdim", - deydi hali 25 bahorni ham ko'rmagan Rustam Qo'shbekov. Rustam 2016-yildan beri panjara ortida. Ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq ayblar ostida 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Qoraqalpog'istondagi mash'um Jasliq zonasida edi.