Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar - millionlab. O‘zga yurtda o‘z biznesi yoki ishini ochgan yurtdoshlar - sanoqli. Hamkorimiz "Ozodlik"ning navbatdagi mehmoni - Sayyora Ryabitseva, “Sadaf” kadrlar agentligi asoschisi va bosh direktori, tadbirkor, qolaversa, olti farzandning onasi.